Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Bandlik va mehnat mu | Bandlik Vazirligi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan yangi tahrirdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati, kadrlar boshqarmalari boshliqlari va huquqshunoslar ishtirok etdi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzoqov hamda vazirning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maslahatchisi G.Isaqova mehnat qonunchiligiga oid hujjatlar va ularni keng ommaga yetkazish borasida ma’ruza qildilar.

Kanalga ulanish
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube