Get Mystery Box with random crypto!

​​Oʻzbekistonda frilanserlik istiqboli yoxud “Amerikacha” oyli | M

​​Oʻzbekistonda frilanserlik istiqboli yoxud “Amerikacha” oylik

Asabbuzarliklarsiz, shoshilinch vaziyatlarsiz kim ham ishlashni istamaydi deysiz?

Yurtimizda karantin davrida masofaviy ishlash va frilanserlik ommalasha boshladi. Lekin shunday yurtdoshlarimiz borki bir necha yillardan beri frilans olamida faoliyat yuritib kelishmoqda.

Kelayotgan yakshanba, 13-iyun kuni uchun frilanser sifatida 10 yildan ortiq muddat davomida ishlab kelayotgan, frilans platformalari orqali umumiy hisobda $580.000 dan ortiq daromad qilgan Zafarbek Ibrohimovni maxsus spiker sifatida taklif qildik.

Soat 11:00 da, Xadra filialida start oladigan master-klassda Zafarbek Ibrohimov frilanser sifatida ishlashning afzalliklari va unda chiqadigan muammolar haqida oʻzlarining tajribalari bilan boʻlishadilar.

Ushbu master-klassga Najot Taʼlimning barcha oʻquvchilarini taklif qilib qolamiz.

Masofadan turib xalqaro kompaniyalarda ishlash istagingiz bormi, unda bu master-klass albatta siz uchun.

Master-klassga roʻyxatdan oʻtish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa