Get Mystery Box with random crypto!

Mobiuz aloqasi endi Toshkent metropolitenida ham ishlamoqda! | Uzmobile megabayt

Mobiuz aloqasi endi Toshkent metropolitenida ham ishlamoqda!

Serquyosh yurtimizning poytaxti aholisi va mehmonlari 31 ta erosti metro bekatida ovozli qo‘ng‘iroqlar va mobil internetdan foydalanishlari mumkin. Buning uchun qandaydir xizmatlarni ulash yoki faollashtirish talab etilmaydi.

Metroda tarmoq ishga tushirilishi tufayli kunning istalgan vaqtida poyezdlarni kutish vaqti mazmunliroq o‘tadi! Abonentlar telefon orqali muloqot qilishlari, internetda video ko‘rishlari, yaqinlari bilan aloqada bo‘lishlari va hatto videoqo‘ng‘iroqlar orqali ham o‘z joylashuvlari haqida xabar berishlari mumkin.

Mehr bilan, Mobiuz.

Metroda aloqa ishga tushganligi haqida batafsil.

#mobiuz