Get Mystery Box with random crypto!

ISMLAR Ismlarga - ot, sifat, son, olmosh, taqlid so'z, fe'ln | MEGA ONA TILI VA ADABIYOT

ISMLAR
Ismlarga - ot, sifat, son, olmosh, taqlid so'z, fe'lning sifatdosh va harakat nomi shakli kiradi

Ismlarning munosabat shakllariga - egalik, kelishik, ismni kesimga xoslovchi shakllar kiradi

Egalik shakllari
I shaxs: -m (-im)
II shaxs: -ng (-ing)
III shaxs: -i (-si)
Egalik quyidagi vazifani bajaradi:
Asos qismda ifodalangan shaxs, narsaning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradi
M:Mening kitobim
Viloyat, shahar, korxona nomlarida qo'llaniladigan III shaxs egalik shaxsga qarashlilik emas, balki xoslikni bildiradi
M: Orolning dengizi emas, Orol dengizi(chunki dengiz Orolniki emas) yoki o'qishning kitobi emas, o'qish kitobi
-i, -si qo'shimchasi bir qator so'zlarda qaratqich kelishigi bilan bog'lanmaydi, ular yaxlitlanib qolgan bo'ladi
M:kechasi uxlaydi, kunduzi ishlaydi - bu so'zdagi egalik o'z vazifasini yo'qotib ravish vazifasida kelgan

Kelishik shakllari
1.Bosh kelishik- kim, nima
2.Qaratqich - kimning, nimaning
3.Tushum - kimni, nimani
4.Jo'nalish - kimga, nimaga
5.O'rin-payt - kimda,nimada
6.Chiqish - kimdan, nimadan

Ismni kesimga xoslovchi shakllar( bog'lama)
Bog'lamaga kiradi:
1) -man, -san, -dir
2)bo'lmoq, sanalmoq
3)ekan, emish, emas
4)harakat nomi tarkibidagi: kerak, lozim, shart so'zlari

Keyingi mavzu qaysi bo'lishini istaysiz, izohda qoldiring

||
@MEGA_ONA_TILI_ADABIYOT - Bilimdonlar kanali
@e_books_robot istalgan kitobni toping