Get Mystery Box with random crypto!

​​ Intizomli bo'lish kerakmi? Katta gapirganda xo'p de! Juda | Nomadic thoughts

​​ Intizomli bo'lish kerakmi?

Katta gapirganda xo'p de! Juda ahmoqona yondashuv Biz bolaligimizdan kattalarning hurmatini keragidan ortiq joyiga qo'yib kelamiz. Doim kattalar bizdan aqlli va kuchli bo'lishi, uning aytganini so'zsiz bajarishimiz kerakligi uqtiriladi Zero, o'ylashmaydiki ayrim kichkinalar ulardan ko'ra yaxshiroq fikrlaydi, mardlik qiladi.

• Oilaviy tarbiyada bu qanchalik to'g'ri?

Bunday yondashuv o'sib kelayotgan bolani mustaqil shaxs yo qilmaydi yoki mustaqil bo'lishiga kechiktiradi. Qaror qabul qilishidan avval kattalar nima derkin degan fikr o'tadi Ularga mos va mos bo'lmasligi, rad etish yoki etmaslik tomonlarini o'ylab, fikrlarini o'zi xohalagandek emas balki randalangan silliq holda yetkazadi. Bu albatta ijobiy deyishingiz mumkin ammo u o'z mustaqil fikri bilan emas, kattalarga yoqadigan fikr bilan yashaydi. Odam qachon o'sadi, qachonki xato qilsa, yiqilsa lekin biz kattalarning fikrlari bilan o'sar ekanmiz hech qachon rivojlanmaymiz, Tan olaylik...
Hushnudbek Hudoyberdiyev aytgando zakovatda savolga xato javob berganim uchun meni asosiy jamoaga olishgan deb biz afsuski xato fikrlashga ham bolalarga o'rin qoldirmayapmiz...(

Xo'sh siz kattalarni aytganini qilib, bugun qay darajada mustaqil bo'la oldingiz? Bizda katta gapirganda xo'p deb, o'zimiz xohlamagan ishni ham majburan qilish juda ko'p. Masalan, uyiga mehmonga kelgan aka, amakisi, tog'asining sigareti tugagani uchun uning aytganini qilib, do'konga sigaretga chiqib kelishi kerak. Nima uchun u o'zi xohlamagan mahsulotni boshqa odamning nafsini qondirish uchun qilishi kerak? Gunoh qilayapti? Yaxshi ish qilmayapti-ku ? Chunki katta ish buyurganda...

Shu holatga chek qo'yish kerak. Doimo kattaning aytganini qilish bu odamni mustaqil shaxs bo'lishdan ko'ra tobelantirib qo'yadi. Tarbiya berishda va olishda e'tiborli bo'lish kerak. Tarbiya berish haqida men bir narsa deyolmayman mushtakkigana bo'lib turib ammo lekin biroq biz shundey davom etaverarkanmiz, Bolalarni hozirdan sindiramiz.
Ularni eshitish kerek, qilmoqchi bo'lmoqchi bo'lgan ishiga qo'yib berish kerak, xato bo'lsa yotig'i bilan tushuntirish kerak, "Bo'lmaydi" demasdan, hamma narsani iloji borligiga ishontirishimiz kerak shunchaki hozirdan kelajagimiz egalarni qaddini bukmaylik!

Kichik yuragim bilan aytayapman, siz bilan qarashlarimiz farq qilishi tabiiy hol...)

@mee_GulJaN - maqsadimiz bir...