Get Mystery Box with random crypto!

​​​​'Nima qilib yuribman o'zi?' degan savolni qachon oxirgi ma | MEDICAL ENGLISH ONLINE COURSE 🇬🇧

​​​​"Nima qilib yuribman o'zi?" degan savolni qachon oxirgi marta o'zingizga berdingiz?

Bajarayotgan ishlarimiz, amalga oshirayotgan faoliyatimiz yoki faoliyatsizligimiz muayyan ma'noda barchasi, ha barcha barchasi ahamiyatga, o'zining muhimlik darajasiga egadir. O'ylab ko'ringa, shu bajarayotgan ishlaringiz orasida chindan muhim ishlar hech bo'lmaganda, umumiy nisbatdan 50% ni tashkil etarmikin?! Afsus, doim ham unday emas, 20%ga yetsa ham katta gap! Har kun boshlanganda, o'zingizga vada bering, men 1-2-3-...shu-shu muhim ishlarni amalga oshiraman deb yozib, belgilab qo'ying!

Aslo yo'l qo'ymang!
Muhim ishlaringiz, sizni muvaffaqiyatga olib boruvchi faoliyat, maqsadlarga 1 qadam bo'lsada yaqinlashtiruvchi yumushlar, ikkinchi darajadagi, natijasiz, vaqt kushandalari soyasida qolib ketishiga yo'l qo'ymang!

Tekshiring!
Har kun kechda tahlil qiling, bugungi kun men uchun nima natija berdi, vaqtimni qanchalik foydali ishlarga sarf qila oldim. Olingan javoblardan kelib chiqib nimanidur rivojlantirishga urining, aks holda turgan joyda toshdek qotib, rivojlanmay qolib ketasiz! Orzularni esa faqat tushda ko'rasiz keyin, hali ham kech emas!

Boshqaring!
Vaqtni boshqaring, uni to'g'ri taqsimlang va undan samarali foydalaning! Vaqtni boshqarish orqali:
hayot sifatini ta'minlash,
o'zingizni boshqarish
hayotni boshqarish imkonini xosil qilasiz!

#shaxsiyrivojlanish

@medicine_english_uzbekistan