Get Mystery Box with random crypto!

Sening asosiy vaqting nimalarga kõp sarflanayotganini bilasa | MEDICAL ENGLISH ONLINE COURSE 🇬🇧

Sening asosiy vaqting nimalarga kõp sarflanayotganini bilasanmi?

Unda kelgin birgalikda tahlil qilamiz:

Bitta instagram kirib chiqay deb 1 soating ketdi ( qidiruv joyiga kirsang 1 soat ham kamlik qiladi san uchun )

Bitta youtubedan video kõraman deb 2 soating ketdi ( behuda va foydasiz videolaring uchun )

Bitta dõstim yoki yaqin dugonam bilan ozgina telefonda gaplashaman deb 1 soat yoki 2 soating ketdi ( asosiy aytadigan gaping uchun 5 minut ketsa, qolgani foydasiz gapla )

Bitta televizorni kõray qani nima yangilikla bõlyapti deb 2 yoki 3 soating ketdi ( agar seriallarni ketma-ket kõrsang 2 yoki 3 soat ham kam san uchun )

Bitta kõcha chiqib bir aylanib kelay qani deb 1 yoki 2 soating ketdi ( agar tanishingni uchratsang san uchun 1 yoki 2 soat ham kam )

Ozgina uxlab olay deb 3 yoki 4 soating ketdi ( hozir turaman, ana turopman deb budilnikni ikki marta qayta bosib õchirasan keyin turaman deb shu bilan ketding ğaflatga qolib )


Ertaga bu darsimni qilaman deb 24 soating ketdi ( bugun kõrasan nimadir san uchun muhim ish bor dars esa san uchun ikkinchi darajali bõlib qoladi shu bahona san ertaga degan sõzing bilan indin kunga ham shuni qilmaysan bu aniq )


Agar sen õzingni õzgartirmasang va vaqtingni boshqarmasang seni qisqa hayoting va seni umring behuda narsalar uchun qurbon bõlib ketadi.

Hamma gaplar aniq vaqtga qarab yozilmadi ammo real hayotga nisbatan olindi.

P.s: Endi men ham bu tahlilni har kun qilaman chunki hayotimni chiroyli va mazmunli õtkazish õz qõlimda.

#shaxsiyrivojlanish

@medicine_english_uzbekistan