Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot talabalari uchun ( vaqtingizni ayamasdan õqib chiqing | MEDICAL ENGLISH ONLINE COURSE 🇬🇧

Tibbiyot talabalari uchun ( vaqtingizni ayamasdan õqib chiqing)

Institutlardagi darslardan qoniqmaslik hissi juda ko'p talabalarda bor shu bilan birgalikda menda ham. Siz chet tilini bilasiz va chet tilidagi adabiyotlardan foydalanishga harakat qilasiz. Sizga va menga o'tilayotgan dars sifati chet davlat tibbiyotidan ancha "boshqacha" va farq juda katta. YouTubeda ingliz tilida zo'r tushuntirilgan farmadan darsni ko'rasizda, nahotki tibbiyot shunaqa qiziq bo'lsa degan xayol keladi. Chunki siz hozirgacha bilgan fundamental fanlar quruq, qiziqarsiz va yodlab qolish kerak bo'lgan bir dunyo ma'lumotlar xolos.

Yoki sizda o'rganishga ishtiyoq juda katta, lekin ingliz tilini aytaylik unchalik bilmaysiz. Rus tilini esa aytaylik "ancha esdan chiqargansiz". Ingliz tili biladiganga ham, bilmaydigan uchun ham yechim bor.

Yaqingacha tibbiyot bo'yicha o'zbek tilida content yo'q edi. Endi esa bor va bu sekin ko'payib boryapti. Hali ham ehtiyoj juda katta, lekin bu borada ish boshlangan. Bu yo'nalishda imkoniyat katta. Jamiyat muammosiga yechim topib bersangiz, jamiyat sizni har doim qadrlaydi.

Aytishlaricha ikki toifadagi odamlar bor. Birinchisi beruvchi, ikkinchisi oluvchi. Birinchisi hayotingizni oson qilguvchi, ikkinchisi hayotingizni qiyin qilguvchi. Birinchi toifada bo'lishga nima xalaqit beryapti? Xulosa sizdan.

@medicine_english_uzbekistan