2022-12-22 20:57:05
#uchmarta_óqib_tushundim
#tóliq_hikoya_havolada
«— Hech bo‘lmasa bitta paranji olib keling, savob bo‘ladi. Xotin kishiga paranji olib berish machit solishdan ham savob emish. Paranjisi eski, har kelganida birovnikini yopinib keladi.
— Xayr, mayli. Ammo men kelguncha seni yolg‘iz tashlab ketmasin. Ko‘ni-qo‘shnilar bilan kirdi-chiqdi qilmanglar.
Xotinining chehrasi ochilib ketdi-da, burilib ketar ekan, qizlarga xos sho‘xlik bilan aylanib, dedi:
— Bir narsangizni buzib qo‘ydim, aytsam urishmaysizmi? Olib kelgan suratingizdagi odamlar xuddi kishining aftiga qarab turganga o‘xshaydi, igna bilan hammasining ko‘zini o‘yib qo‘ydim.
Mulla Norqo‘zining achchig‘i keldi, chunki bu «Makkai mukarramani» bir sartarosh o‘rtog‘idan ming iltimos bilan olgan edi.
— Axir, undagi odamlar hammasi hoji-ku!
— Ha, o‘la qolsin, hoji odam emasmi!
Xotin kirib ketdi...»
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abdulla-qahhor-1907-1968/abdulla-qahhor-mayiz-yemagan-xotin-hikoya
109 views17:57