Get Mystery Box with random crypto!

Yakunlanayotgan yil dilingda xoh yaxshi, xoh yomon xotira qold | Medical_Nest_One...🏥

Yakunlanayotgan yil dilingda xoh yaxshi, xoh yomon xotira qoldirayotganidan qat'iy nazar, sen bu sinovlarni uddalading va bu yilni yakunlayapsan...
Eng muhimi Yengib o'tolding barchasini...
O'zing istagan jamiyki istaklarga erishding, balki erisholmading, muhimi, harakat qilib ko'rding, natijasiga o'zingga ayon...

Bugun erta tongdan kayfiyatingni a'lo qil, seni o'zgalarning bayram haqidagi iddaolari, ming'irlashlari, "dinda undoq, dinda bundoq" deguvchi kovlagichlarning xira gaplari mahzun qilishiga yoʼl berma...Eshtma ularni, e'tibor berma, hayot seniki, o'zing, yuraging, qalbing istaganidek o'yin-kulgu qil... Arziysan axir bunday kunga. Bari tashvishlarni bir kunga unut, dunyo senga qolibdimi?!
Yaqinlaringni xursand qil, hech kimga, hech nimani shu bugun tushuntirma! Hatti-harakatlaring uchun bir kungina hech kimga hisob berma. Butun boshli bir yilni yakunlayapsan axir...
Yana qachon,qaysi payt yaqinlaring bilan bir davrada boʼlasan,oʼsha davra uchun birgalikda harakat qilsan ?! Ahamiyatsizlarga qo'l silta, parvo ham qilma tamammi...
(Oʼsha gap : «Oliviya/Farnsuski/ /4 / lekin archamiz yoʼq...»)

https://t.me/oiuy_yuio/198