Get Mystery Box with random crypto!

#Ota_onaga_yaxshilik_qilish_turlari: 1. Farzandning ota-onaga | Mediators' team

#Ota_onaga_yaxshilik_qilish_turlari:

1. Farzandning ota-onaga yaxshilik qilishi turlaridan biri ularga bergan ne'matlari uchun Alloh Taologa shukr qilishdir.

2. Ota-onasining ko'rsatgan inoyatlariga shukr qilishdir.

3. Ota-onasini jerkimaslik va ularga "uff" ham demaslik.

4. Ota-onasiga tavozu ko'rsatib, mehribonlik qilish.

5. Ota-onaning oldiga izn so'rab kirish.

6. Ota-ona kelganda ularni o'rnidan turib kutib olish.

7. Ota-onani ismi bilan atamaslik, ulardan oldin yurmaslik va o'tirmaslik.

8. Oldilariga kirganda va chiqqanda ularga salom berish.

9. Ota-onani eng yoqimli lafzlar ila chaqirish.

10. Ularga dinlari va dunyolarida manfaat beradigan gaplarni aytish.

11. Dinda ular bilmaydigan narsalarni o'rgatish.

12. Ota-onaning barcha vojib va mandub amrlariga itoat qilish.

13. Ota-ona tark qilishga amr qilgan narsalardan o'ziga zarar keltirmaydiganlarini tark qilish.

14. Ota-onaning oldiga kirganda faqat ularning izni bilangina o'tirish.

15. Ota-ona bilan o'tirganda ularning ruxsatisiz chiqib ketmaslik.

16. Ota-onadan sodir bo'lgan narsani agar ulardan bemorlik yoki qarilik tufayli bavl qilib yuborishga o'xshash ishlar bo'lsa ham qabih sanamaslik.

17. Ota-onaning muhabbatini qozongan kishilarni hurmatini qilish.

18. Ota-onaning nafaqasini yaxshilash, hadyalar berib turish, ularni so'rashga muhtoj qilmay yoki minnat qilmay, izzat ko'rsatishdir.

19. Ota-ona xizmatida doimo shay turishi, xatto mushrik bo'lsalar ham, ularning roziligini topish lozim.

20. Ota-onaning obro'sini ximoya qilish va obro'sizlanishlariga yo'l qo'ymaslik.

21. Ota-onani xursand qilish, sovg'alar taqdim qilish.


"Baxtiyor oila"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

@Bir_haftada_bitta_kitob
TikTok | Instagram | YouTube