Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkorlarning 2 trillion soʻmlik soliq qarzdorligidan voz k | MEDIASMI | RASMIY KANAL

Tadbirkorlarning 2 trillion soʻmlik soliq qarzdorligidan voz kechiladi

Joriy yil 1-iyuldan boshlab boʻsh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qoʻllash bekor qilingan edi.

Lekin avval oshirib hisoblangan soliqlar nima boʻladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushgan.

«Shularni inobatga olib, tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari boʻyicha hisoblangan 2 trillion soʻmlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?», - deya tadbirkorlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari.

Zalda tadbirkorlar tomonidan xursandchilik qarsaklari yangradi.
https://t.me/yusupov_muxammadyusuf