Get Mystery Box with random crypto!

Belkurak sotib millioner bo'lish 1. 1850 yillarda Kaliforniya | MEDIABOR

Belkurak sotib millioner bo'lish

1. 1850 yillarda Kaliforniyada tilla konlari topiladi. Butun Amerikadan odamlar boyib ketish ilinjida tilla qazishga oylab yo'l bosib kelishadi. Bu jarayonda eng boyib ketganlar shu tillani topganlar emas, tilla izlovchilarga belkurak sotganlar bo'lib chiqadi.

2. O'shandan beri biznesda: "tilla izlovchilarga belkurak sotish" termini ishlatiladi. Ya'ni sen aslida bir joyda katta pul bor deb o'ylagan paytingda, o'sha pulni topishga ko'maklashishda katta pul bo'ladi.

3. Dasturchilar hammaga kerak, ko'p pul ishlayapti? Demak katta pul dasturchi bo'lishda emas, ularni katta miqdorda yetkazib berishda.

4. Biznes o'sayapti, tadbirkorlik qilish osonlashyapti? Demak katta pul biznes qilishda emas, odamlarga biznes qilishni o'rgatishda.

5. Aholi ko'payayapti, yangi uylar kerak bo'lyapti? Uy qurish kerakmi? Yo'q ularni hali sota olish ham borku, katta pul arxitektorlik, dizaynerlik, qurilish xizmatlarini taklif qilishda.

6. Toshkentda Non-kabob ommalashganda eng ko'p pulni go'sht yetkazuvchilar, yandex ommalashganda litsenziya beruvchilar, mebellar ko'payganda material yetkazuvchilar topishdi.

Xulosalar:

1. Boshqalarga pul topishga yordamlash - natijada o'zing ham ko'p pul topishing mumkin.
2. Hamma yugurayotgan yo'lga yugurish emas, ularning yugurishini osonlashtirish - aqqliroq strategiya.
3. Endi o'zing qilayotgan ishing haqida o'ylab ko'r, qaysi qismida belkurak sotishni yo'lga qo'yishing mumkin?

----------------------------------------------------------