Get Mystery Box with random crypto!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xodimlar uchun dam o | TalabaMedia

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xodimlar uchun dam olish kunlari

besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22-mart kunlari);

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.

Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11-25-mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20-mart — dushanba va 22-mart — chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.

Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 23-mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.

@Azmiddin_Mardayev