Vazirlik maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishlarini so‘radi
Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishda tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport
(ID-karta) ma’lumotlarini "ABITUR" elektron dasturiga kiritish talab etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishi zarurligini eslatib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining
"ABITUR" elektron dasturi bilan integrasiya qilingan.
@Azmiddin_Mardayev