Get Mystery Box with random crypto!

Ot va mol haqida batafsil :) Oxirgacha o’qing! Moldan hech qa | Muzaffar | IT blog

Ot va mol haqida batafsil :) Oxirgacha o’qing!

Moldan hech qachon otdek yugurishni va bunaqa qobiliyatni talab qilish kerak emas. Uning vazifasi boshqa va Alloh uni insonlarga sut va go’sht berish uchun yaratgan. Uni minib yurolmaysiz! Uni sut va go’sht berish uchun boqasiz.

Endi insonlar haqida gaplashamiz (bu solishtirish emas)

Insonda qobiliyat bo’lmasa ham u o’zi qiziqqan narsaga fokus qaratib energiyasini shu ishga sarflasa katta natijalarga erisha oladi.
Biron bir ishga na qobiliyati na qiziqishi bo’lmasa uni majburlamaylik va unga shijoat yetishmayapti deb motivatsiya bermaylik! U balki boshqa narsa uchun yaratilgandur. Uni qiziqishi va qobiliyati boshqa narsadadur.

P.s. Dizayner bo’lishni istayotgan farzandingizni harbiylar zo’r pul topadi, ular kuchli bo’ladi sen harbiy bo’lishing kerak deb majburlamang!

@abdusattor