Get Mystery Box with random crypto!

​​1 kunda nimalar qilish mumkin? ● Bugungi kun tartibim yoki | Muzaffar | IT blog

​​1 kunda nimalar qilish mumkin?

● Bugungi kun tartibim yoki kunimni nimaga sarflaganim haqida #maqola tayyorladim! Foydali bo'ladi degan umiddaman;)

• Bugun odatdagidan ertaroq soat 6 yoki 6.3 emas, 5.00 da uyg'ondim. Undan so'ng vannada yuzimni yuvib, dars tayyorlashga o'tirdim.

• Dars tayyorlashni Adabiyot darsidan qilishni boshladim, va bu fandan vazifa: Imom al-Buxoriy kitoblaridan olingan hadislar daftarga yozib, yodlash edi. Bu darsimni qildim, so'ng qo'shimcha ingliz tilidan vazifalarimni qildim. Xuddi men 2 soatda qiladigan ishimni 1 soat yoki undan ham kam vaqtda qildim! Bu menga plus bo'ldi, soat 5.45 da uydagilarni ham uyg'otdim.

• Darslarimni tugatib, maktabga ketishga tayyorlandim;) Sumkalarimni, kutoblarimni solib maktabga tayyorlandim. Soat 6.20 larda onam:  "Namoz o'qinglar!", dedilar. Keyin men ham tahorat olib namozimni o'qidim. Shundan so'ng nonushta qilganim maqsadga muvofiq bo'ldi;)

• Soat 7.40 - 7.45 atrofida maktab tomon yo'l oldik. Maktabga ham kech qolganimix yo'q!)

• Maktabda o'rgangan hadislarimni sal adashtirib aytdim, shunga ustoz "4" baho dedilar, lekin kechroq Kundalik.com ga kirib ko'rsam Adabiyotdan "5" baho olgan ekanman. Ustozga ichimda rahmat aytdim.

• Maktab darslarim tugagandan keyin, maktabdagi basketbol to'garagiga qoldim. U yerda ham ko'plab yaxshi o'yinlarni o'tkazdim va bu mashg'ulotlarim tugagandan so'ng, qo'shimcha ingliz tili darslarim tomon yo'l oldim;)

• Cambridge ga ketayotganda bo'sh ketmaslik uchun Destination B1 ning Unit 9 ning so'zlarini yodlab ketdim, o'zbek tilida emas, balki Ingliz tilidagi ma'nosini yodlash berilgan edi vazifa qilib;). Sal qiyinchilik tug'dirsada, keyinchalik foydasini sezasiz;)

• Ingliz tili darsimiz O'quvchilarning Speech'lari bilan boshlandi, va bu speechlar ham juda qiziq o'tdi! Dars davomida uyga vazifalarni tekshirdik va ustoz bilan ajoyib mavzuda speaking qildik!
Darsim 18.30 larda tugadi va onamga telefon qilib darsim tugaganini aytib Metroga tushib ketdim.

• Bekor ketmaslik uchun, Shu o'qib turgan maqolangizni sizlarga ulashdim;) Menimcha bugungi kunim men uchun Barokatli o'tdi sizlar uchun-chi? Bugunni o'zida qilganlarim shulardan iborat!

Bunday maqolalar qilishga harakat qilaman. Chunki, shunday ishlar menga ham qiziq va ozroq vaqtdaj so'ng o'qisam, juda ko'p xotiralarni eslayman.

• Aytgancha, kanalimizdan uzoqlashmang!) Izohlaringizni qoldiring!

@mdp_Muzaffar