Get Mystery Box with random crypto!

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida maktabgacha ta’limni rivoj | Maktabgacha ta'lim agentligi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishga doir qator vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur farmonga asosan:

Bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish;

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta’minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang‘ich kompyuter savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish;

100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash;

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga asosan:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yish amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube