Get Mystery Box with random crypto!

Agrippina Shin Buxoro tumanidagi 32-maktabga tashrif buyurdi | Maktabgacha ta'lim agentligi

Agrippina Shin Buxoro tumanidagi 32-maktabga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta'lim agentligi direktori Agrippina Shin Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro tumanidagi “Kunji Qala” mahallasida joylashgan 32-son umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’ldi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxonadagi moddiy-texnik bazalarni ko‘zdan kechirar ekan, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aniq ko‘rsatmalarni berdi.

Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi va maktabda tashkil etilgan “Kurash”, “Judo” va “Tikuvchilik” to’g’araklarida shug’ullanayotgan yoshlar bilan muloqot qildi. Shu bilan birga, maktab mehnat jamoasi bilan suhbatlashdi.

Tumanidagi 32-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosi 1975-yilda qurilgan bo‘lib, 2005-yilda kapital ta'mirlangan. Maktab 530 o‘ringga mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda 481 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Joriy yilda 51 nafar o‘quvchilar ta'lim dargohini bitirdi.

Rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube