Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Toshkent xalqa aylanma yo‘ | FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Toshkent xalqa aylanma yo‘lida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

Bugun, 30-mart kuni soat 14:04 da Shayxontoxur tumani “Ibn Sino” MFY, Toshkent halqa aylanma yo‘li ko‘chasida joylashgan plastmassa maxsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14-06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14-51 da qurshab olingan va soat 15-23 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram