Get Mystery Box with random crypto!

Namozning tibbiy foydalari Namoz oʻqigan odam bu goʻzal iboda | 𝗠𝗮𝘇𝗺𝘂𝗻𝗹𝗶 𝗬𝗶𝗹𝗹𝗮𝗿𝗶𝗺

Namozning tibbiy foydalari

Namoz oʻqigan odam bu goʻzal ibodat uchun oxiratda oladigan ajr-mukofotlariga qoʻshimcha ravishda dunyo hayotining oʻzida uning salomatlikka oid manfaatlariga ham erishadi.

1. Namozda bajariladigan harakatlar yengil va oson boʻlgani bois yurakni zoʻriqtirmaydi va kunning muayyan bir vaqtlarida bajarilgani uchun insonni doimo tetik tutadi.

2. Bir kunda boshini 62-marta yerga qoʻygan insonning miyasiga muntazam ravishda koʻp miqdorda qon oqib keladi. Miya hujayralarining qon bilan yaxshi toʻyinishi tufayli namoz oʻqiydigan odamlarda xotira sustligi va skleroz kamroq uchraydi.

3. Namoz oʻqiydigan kishining boshi muntazam egilib-koʻtarilib turishi sababli uning koʻzlarida qon aylanishi yaxshilanadi.

4. Namozdagi izometrik harakatlar oshqozondagi oziqaning yaxshilab aralashishiga va uning yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi, safroning (oʻt suyuqligining) oʻt pufagida toʻplanib qolmay, bir meʼyorda ajralib chiqishiga, oshqozonosti bezining ravon ishlashiga imkon berib, qabziyat (ich qotishi)ning oldini oladi.

5. Bir kecha-kunduzda kamida besh mahal bajariladigan bir meʼyordagi tana harakatlari boʻgʻimlar, mushaklar va tomirlarni JOnlantirib, artroz (artrit), osteoxondroz kabi kasalliklarning, xususan, boʻgʻimlarda tuz toʻplanishining oldini oladi, jismoniy mehnat bilan shugʻullanmaydigan odamlarda tomirlarda tiqin paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.

6. Vujudning salomatligi tananing tozaligiga bogʻliqdir. Namoz uchun shart boʻlgan tahorat va gʻusl poklikning aynan oʻzidir. Badanni, ruhni poklamay turib namoz oʻqib boʻlmaydi. Natijada namozning barcha shartlarini ado etgan kishi ruhan pok, jismonan tetik boʻladi.

7. Namoz vaqtlari organizmda qon aylanishi va nafas olishni yaxshilash uchun eng qulay va maqbul paytlardir.

8. Namoz uyquni tartibga solishning eng mukammal nizomidir. Mutaxassislar oʻtkazgan tadqiqotlarning natijasiga koʻra, namoz yordamida tanada toʻplanib qoladigan statik elektr zaryaddan ham xalos boʻlish mumkin ekan. Tanamizdagi bunday zaryad sajda paytida yerga yoki tahorat paytida suvga yoxud tayammum paytida tuproqqa tekkanimizda yerga uzatiladi. Namozdan soʻng tetiklashishimizning sababi qisman mana shu hikmatga bogʻliq.


• 𝗠𝗔𝗭𝗠𝗨𝗡𝗟𝗜 𝗬𝗜𝗟𝗟𝗔𝗥𝗜𝗠 •