Biz eng ko’p onamizga yolg’on gapirdik(gapirdim): -“Ahvoling q | 𝗠𝗮𝘇𝗺𝘂𝗻𝗹𝗶 𝗬𝗶𝗹𝗹𝗮𝗿𝗶𝗺
Biz eng ko’p onamizga yolg’on gapirdik(gapirdim): -“Ahvoling qanday?” deb so’radi -“Hammasi yaxshi” dedim. (“Ko’nglimni sindirishdi, onajon, ahvolim og’ir” deyolmadim…)
-“Nimaga ko’zlaring kirtaygan?” deb so’radi -“Bugun ko’proq ishladim, balki shungadir” dedim. (“Xayolimdagi o’ylar tinchlik bermayapti, ko’zlarimni yumolmayapman” deyolmadim…)
-“Nimaga ovqatingni yemayapsan?” deb so’radi -“Yaqindagina ovqatlangandim” dedim. (“Atrofdagi zarbalar meni to’ydirib qo’ydi!” deyolmadim…)