Get Mystery Box with random crypto!

Mazmunli Bloglar

Telegram kanalining logotibi mazmunli_bloglar — Mazmunli Bloglar M
Telegram kanalining logotibi mazmunli_bloglar — Mazmunli Bloglar
Kanal manzili: @mazmunli_bloglar
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51
Kanalning ta’rifi

Haqiqat garimdoridir!🌶

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-31 07:40:21
Shunchaki...

@mazmunli_bloglar
25 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 04:40
Ochish/sharhlash
2023-03-31 07:25:05

Buxoriy bobom.

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.
Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,
Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.

Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,
Ayoling past qilgan xayolingga mast.
Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,
Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!

Namuncha dunyoning quliga do‘nding,
Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.
Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,
Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.

Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,
Arzimas matoni egningdan irg‘it.
Rosulim, rosulim, deysanu, ammo
Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.

Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,
Tushingda zinolar qilsang bemalol.
Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,
G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.

Agar ajratmasang oqu, qorani,
Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.
Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,
Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.

Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab
Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...
Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,
Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,

Innamal ʼamolu binniya, debon
Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.
Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,
Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.

Amalga intilgin, hadislar yodla,
Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.
Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,
Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.

Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,
Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.
Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,
Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
Maqsadi ziyorat qasdida balkim...

Turli marosimlar uyushtiribdi,
Yoshimni falon deb sanab yuribdi.
Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,
Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.

Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,
Bu holni his qilar har aqli raso.
Bu ishlar o‘rniga ahli farosat
Go‘zal hadislardan izlar nafosat.

Rosuli Akramning har bir so‘zlarin
Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.
Garchi ul zot uchun borim berganman
Payg‘ambar qabriga topinmaganman.

Jami qudusiyat Allohga mutlaq,
Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!
Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib
Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.

Xalqim, turkiy zabon, istasa javob
Hadisni o‘qisin, menga shu savob!
O‘tgan kunlarini aylabon nosih,
Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.
Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,
Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.

Borib ul supani sidirib qaytgin,
Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.
Buxoroning nomi “bu xoro”midi,
Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?

Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar
Bugun bir hadisdan tamom bexabar.
Qizlari yalong‘och, erlari beor,
Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?

Agarchi Islomning dardin yemaslar
Buxoriy nomiga haqli emaslar.
O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb
Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.

Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,
Ilohiy amrga hamisha someʼ!
Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:
Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!

Istasalar ruhim bo‘lishini shod
Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!
Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,
Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.

Xayrulla Hamidov

@mazmunli_bloglar
27 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 04:25
Ochish/sharhlash
2023-03-31 07:05:13 Telefonimni cho‘ntagimga solayotib: "Obunachilarimga havo yetmay qolmasmikin?" - deb qayg‘uraman))

Men shijlarni shevaman...

@mazmunli_bloglar
20 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 04:05
Ochish/sharhlash
2023-03-31 06:41:22 Haligi, menda bir fikr tug‘ildi, deymiz-ku!
O‘sha fikrni kim tug‘adi?

@mazmunli_bloglar
21 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 03:41
Ochish/sharhlash
2023-03-31 06:35:43 Jumaning xayri va barokati sizga boʻlsin
21 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 03:35
Ochish/sharhlash
2023-03-30 21:49:45 30 yil umrini kasalliklar yuqishidan ehtiyot bo‘lib, qo‘rqib yashadi. Ayniqsa, saratonga chalingan, deyilganlardan o‘zini olib qochdi. Lekin u avtohalokat sabab vafot etdi.

(Taqdir)

Uylandi. Ayoli yoqmadi. «Sababi nima?», deb so‘rashdi. «Mahramim haqida gapirmayman» dedi. Undan ajrashdi. «Nima sababdan?», deb so‘rashdi. «Zimmamdan chiqqan ayol haqida gapirmayman», dedi.

(Mardlik)

Faqir 3 ta apelsin sotib oldi. Birinchisini kesdi. Aynigan chiqdi. Tashlab yubordi. Ikkinchisini ham so‘ydi. U ham chirigan ekan. Tashladi. Svetni o‘chirib, uchunchisini kesdi. Va yedi.

(Ba’zan yashab qolish
uchun majbur bo‘lamiz)

Poyezdga chiqayotganida o‘ng oyoq kiyimi tushib qoldi. Uni olishga ulgurmadi. Chapni ham yechib otdi. Muhtoj kimsa topib olsa kiyar, dedi.

(Yumshoq ko‘ngillik)

@mazmunli_bloglar
23 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 18:49
Ochish/sharhlash
2023-03-30 21:47:22 Uydagilaring saharlikka seni uyg‘otmay, o‘zlari saharlik qilib o‘tirgan holatini ko‘rishdan-da ortiq azob yo‘q ekan...

@mazmunli_bloglar
22 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 18:47
Ochish/sharhlash
2023-03-30 21:45:06 Muhim

Men ushbu kanalga joylanadigan har bir postga reaksiya bosib borishga, doimo faol bo'lishga va bu kanalga sodiq qolishga va'da beraman!

(Va'da berdingizmi, endi bajaring!)

@mazmunli_bloglar
22 viewsحسبي الله ونعم الوكيل, 18:45
Ochish/sharhlash