Get Mystery Box with random crypto!

#foydali Yong‘oqlar To‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlarida | https://t.me/Mazaali_taomlar

#foydali

Yong‘oqlar

To‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlarida yong‘oqlar iste'moliga qarshi ikki asosiy dalil bor: ular haddan tashqari kaloriyali va yog‘li. Shunda bo‘lsin ham deylik, ammo yong‘oqlarni ratsiondan butkul o‘chirib bo‘lmaydi.

Yong‘oqlar - bu sellyuloza va oqsillar. Tsellyuloza ovqatni yaxshi hazm qilish uchun kerak bo‘lsa, oqsil - "qurilish" materiali, usiz organizm normal faoliyat yurita olmaydi. Bodom va funduqda immunitetni mustahkamlovchi va miyani kislorod yetishmovchiligidan asrovchi E vitamini ko‘p. Bundan tashqari, bodom ichaklar mikroflorasi uchun ham foydali.

Oddiy yong‘oqlar esa miya faoliyati uchun yaxshi, yeryong‘oq yurak-qon tomir tizimidagi muammolarni bartaraf etish xususiyatiga ega.

Mazali taomlar – Retseptlar dunyosi