Get Mystery Box with random crypto!

“Alloh” soʻzining aql bovar qilmas sirlari Niderlandiyalik ps | MAYUS QALB KANALI

“Alloh” soʻzining aql bovar qilmas sirlari

Niderlandiyalik psixolog Vander Hoven Kurʼon oʻqish va “Alloh” soʻzini takrorlash bemor va sogʻlom insonlarga qanday taʼsir qilishini kashf etganini eʼlon qildi. Professor uch yildan bir qancha bemor ustida tadqiqotlar olib borib, hayratlanarli xulosalarga erishdi. Bemorlarning baʼzilarini musulmon emasligini, ayrimlari musulmon boʻlsa-da, arab tilini bilmasligini taʼkidlagan Hoven kasallariga “Alloh” soʻzini oʻrgatganini aytadi. Natija esa nihoyatda mukammal boʻlganini, ayniqsa, ruhiy ziqlik va qon bosimi koʻtarilishi (xafaqon) bilan ogʻriganlarda yaxshi natijaga erishgani maʼlum boʻladi.

Professor Xoven “Alloh” kalimasidagi harflar bemorlar ruhiyatiga taʼsirini shunday izohlaydi:

“Alloh” soʻzining ilk harfi boʻlgan “Alif” nafas yoʻllari tizimidan sirgʻalib chiqadi va nafas olishni
izga soladi.

“Lom” harfi esa (arab tilidagidek talaffuz qilinganida) til bilinar-bilinmas tanglayning ust qismiga tegadi va jagʻ bir muddat shu muddatda turib qoladi (“lom” harfi tashdidni olgani uchun).

Soʻnggi harf “h” talaffuz qilinganida jigar va yurak oʻrtasida aloqa vujudga keladi va bu jarayon soʻnggida yurak urishi meʼyoriga tushadi.

Bu izlanishni amalga oshirgan niderlandiyalik olim musulmon emas, lekin Islom ilmlariga qiziqqan va Qurʼoni Karim sirlarini tadqiq qilgan. Bemor toʻshagida dard tortaëtgan insonning “Alloh!” deya ingraganiga koʻpchiligimiz guvoh boʻlganmiz. Biror musibatga yoʻliqqan insonning “Allohim!” deya xitob qilganini eshitmaganlar boʻlmasa kerak.

Tutadigan shoxi qolmasa, boshi berk koʻchaga kirsa, qoʻl uzatadigan insoni qolmasa, banda “Alloh” deya tinchlanadi. “Alloh” soʻzi hayotimizning asosiga aylanib ketganidan, har qanday holatda Alloh deymiz.

Toʻgʻri yoʻlni topish, yaxshilikka erishish, uchun “Yo Alloh” deymiz.

Shaytondan qochib, Allohdan panoh istaganda “Aʼuzu billah” deymiz.

Har ishni “Bismillah” deya Uning nomi bilan boshlaymiz. Neʼmatga munosib koʻrsa, shukr qilamiz.

Berganida ham, olganida ham “Alhamdulillah” deymiz.

Hayratlanganimizda, “Mashaalloh” deymiz. Pushaymon boʻlganimizda, “Astagʻfirulloh” deymiz.

Sevinganimizda, “Allohu akbar” deymiz. Xafa boʻlganimizda, “Inna lillah...” deymiz.

Yuragimiz siqilganida “Subhanalloh” deymiz. Gʻalaba qilganimizda “Nasrumminalloh” deymiz.

Rizq topganimizda, “Ar-rizqu lillah” deymiz. Orzu qilganimizda, “Inshaalloh” deymiz.

Bir ishni bajarganimizda, “Biiznillah” deymiz. Mashaqqat oldida “La havla va la quvvata illa billah” deymiz.

Vaʼda berganimizda, “Vallohi va billah” deymiz. Bu qadar eslatmalar nuri qalbni yoritganida “E valloh” demaslik mumkinmi?..

“Iymon va huzun” kitobidan.

#Adminka @BaHoRa_04