Get Mystery Box with random crypto!

​​Men bu videoni 'Har bir maktab-litsey bitiruvchisi ko'rish s | MJ

​​Men bu videoni "Har bir maktab-litsey bitiruvchisi ko'rish shart bo'lgan video" deb nomladim. Agar farzandingiz, jiyanlaringiz bo'lsa bu videoni ularga ham ulashing, majburlab ko'rsating kerak bo'lsa, boshqalar ham mana shunday muvaffaqiyatga erisha oladilar. Buning uchun niyatni xolis bo'lishligi va harakat kerak!

Bugungi kunda yoshlar kimlarga havas qilayotganliklarini, beo’xshov taqlid qilib, vaqtlarini samarasiz ketkazayotganliklarini ko’rib, rosti, achinaman. Yoshlarga oz bo’lsa-da manfaatli bo’lishi uchun o’z shijoati va g’ayrati bilan katta muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan, chinakam namuna bo’la oluvchi insonlar bilan “Osmondagi bolalar” loyihasi davomida ochiq suhbatlar tashkil etib kelmoqdamiz.

Loyihaning navbatdagi soni komillikka intiluvchi, o’z bilimi va iste’dodi bilan bir nechta nufuzli xorij universitetlariga grant asosida o’qishga qabul qilingan, mehnatkash yoshlardan biri Yusufbek bilan birga bo’lib o’tdi.

Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

Havola