Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli ustozlar! Uzr fikrim uchun. Ta'lim tizimida shusiz h | Makhmudov Academy

Hurmatli ustozlar!

Uzr fikrim uchun. Ta'lim tizimida shusiz ham pedagoglar ancha narsaga bardosh berishga majbur bo'lmoqda.

— Rahbarlarning keraksiz va tushunmaydigan keraksiz yozilmagan qonun-qoidalar, buyruqlaridan charchagan.
— Hozirgi Ta'lim tizimida kechagi gapi bugunga to'g'ri kelmaydigan qarorlardan charchagan.
— Bugun harakat qilib, ertaga bekor bo'ladigan sertifikatlarni aytmasam bo'ladi.

Bir bloger chiqib unday qilaman deydi, boshqasi chiqib, boshqa gapni aytadi. Hurmatli BLOGER va Qo'shtirnoq ichidagi ADMIN va ermakka mish-mish tarqatadigan pedagog niqobidagi X variantlar maqsad nima? Nimaga erishmoqchisiz?

Undan ko'ra qo'lingizdan kelsa, motivatsiyaga boy, insonni ruhlantirib yuboradigan chiqish qiling. Pedagoglarga yordam beradigan, ta'lim tizimiga kerakli va foydali taklif kiriting. Pedagoglarning maoshini ko'tarish bo'yicha fikringizni yozing.

Hurmatli BLOGER va Qo'shtirnoq ichidagi ADMIN va ermakka mish-mish tarqatadigan pedagog niqobidagi X variantlar dindan zo'r iqtiboslar keltirib o'tasiz, lekin avvalo o'zingiz amal qilib, shunga yarasha bo'ling.

Hurmatli ustozlar har qanday holatda ham, sovuqqonlikni saqlab qoling. Ohirgi paytlarda aylanayotgan mish-mishlarga e'tibor bermang.

Hurmat bilan Faxriddin Maxmudov.