Get Mystery Box with random crypto!

Yuqorida o’zim yaqinda qilgan loyihalarimni ko’rsatib o’tdim. | Maxfiy Link

Yuqorida o’zim yaqinda qilgan loyihalarimni ko’rsatib o’tdim.
• Endi shogirdim yaqinda qilgan loyihani loyihani ko’rsatmoqchiman.

Albatta bu loyihani olishda o’zim yordamlashdim.
- Lekin shogirdim men o’rgatgan usulda rezyume va portfolio qilib, mijozga ko’rsatkanidan keyin boshqa dasturchilarni emas aynan shogirdim Davron bilan ishlashni tanladi)

Birinchi navbatda uchrashuv belgilab oldik. Lekin muammo bor edi - bu Davron Toshkentda emasligi edi. Lekin shunday bo’lsada men unda onlayn orqali o’z xizmatlarini sotish bo’yicha maslahatlar berdim.
Chunki men oladigan loyihalarning 70% onlayn hisoblanadi.

Loyihani tugatishga 20 kun vaqt ketdi. Mana uning ssilkasi jumanji.uz/
• Bu saytni tugatishda shogirdimga men ham yordam berdim. Lekin 90% ishni Davronning o’zi qildi va 1-loyihasi uchun $420 oldi.
(Davrondan ko’ra o’zim ko’proq xursand bo’ldim )

Ish beruvchi nima uchun boshqalarni emas Davronni tanlaganini , loyiha qanday tuzilganini va dasturlash orqali daromad qilish yo’llarini «ochiq dars» imda to’liq tushuntiraman!