Get Mystery Box with random crypto!

Hop keling endi 2-loyiham jarayonlari bilan tanishib olamiz. | Maxfiy Link

Hop keling endi 2-loyiham jarayonlari bilan tanishib olamiz.

Bu safar men Toshkentning eng mashhur Jiz Biz restorani uchun qilib bergan telegram boti haqida gaplashamiz (@jizbizuzbot).
Demak ishni ham boshlab oldik. To'g'ri bu bot deganlarini qilishga 1 hafta ham ketmaydi deyishingiz mumkin. Aslini olganda buyurtma beradigan botni qilishga maksimum 10 kun vaqt ketadi. Faqat Jiz Biz bilan bunday bo'lmadi.

Gap shundaki Jiz Biz restoranining 5 ta filiali bor edi va mana shu 5 ta filialning menyulari bir xil emas edi. Aniqroq qilib aytganda har bir filial uchun alohida menyu bor edi.
• Aynan mana shu menyuni botga joylash uchun ancha ko'p vaqtim ketdi. Keyin esa har bitta filial uchun alohida buyurtma tushadigan guruh yaratdik.

Yana bir maslahat dasturchilar - ishni boshlashdan oldin albatta mijoz bilan loyihaga nechtagacha o'zgartirish kiritishingizni kelishib oling. Odatda bu o'zgartirishlar soni 3 tadan oshmasligi kerak.

Loyidan olgan pulimga keladigan bo'lsak - bu $300 tashkil qildi. Bu pulni boshlang'ich dasturchilar 1 haftada topsalar ham bo'ladi.

Topingchi bu loyihalarimni qaysi dasturlash tilida qilganman?)