Get Mystery Box with random crypto!

Hammaga full-stack salom dasturchi grajdanlar. Va’da qilganimd | Maxfiy Link

Hammaga full-stack salom dasturchi grajdanlar. Va’da qilganimdek sizlarga sun’iy intelekt haqida post tayyorladim

Ko’pchilik sun’iy intelekt endi hamma ishlarni o’zi qiladi dasturchilarga esa ish qolmaydi degan fikrda ekan va ba’zi birlar shu sohani endi o’rganmoqchi bo’lib ikkilanmoqda ekan. Agar o’ylab qarasangiz bizni hayotimizni osonlashtiruvchi ko’p narsalar bor va haligacha bo’lib kelmoqda.
Masalan oddiy narsalardan kelsak o’zi kiyim yuvadigan mashina, smart uy hattoki har soniyada foydalanadigan qo’limizdagi telefon. Endi bularning barchasi bizni ishsiz qoldirdimi?

Albatta yo’q balki, hayotimizni osonlashtirdi. Sun’iy intelekt ham xuddi shunday. Ya’ni bizni ishimizni osonlashtiruvchi vositda sifatida rol o’ynaydi. Tayyor logotip, veb-sahifa tayyorlaydigan ilova va saytlar 10yildan beri bor. Lekin ish beruvchilar har doim dizaynerlarga qimmatga buyurtma qilishadi. O’zimning ham bir tanishim hozirgacha dizayn sohasida yaxshigina daromad qiladi. Hali ham kompaniyalar qimmatga video rolik buyurtma qilishadi, yoki dasturchilarga mobil ilovalar, CRM, xavfsizlik bo’yicha murojaat qilishadi.

Hh.uz, olx.uz va shunga o’xshash ish beruvchi manbaalarga kirsangiz dasturchilar uchun ish hali ham juda ko’p. O’zbekistonda esa bu sohaga juda katta e’tibor qaratishmoqda 5 yil ichida 2 millard dollar investitsiya qilingan IT uchun. Shunday ekan bizda imkoniyatlar katta. Sun’iy intelekt ni ham dasturchilar yaratgan. O’sha mashhur ChatGpt ni esa Pythonda qilingan