Get Mystery Box with random crypto!

Maxfiy komik

Telegram kanalining logotibi maxfiy_komik — Maxfiy komik M
Telegram kanalining logotibi maxfiy_komik — Maxfiy komik
Kanal manzili: @maxfiy_komik
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.64K
Kanalning ta’rifi

Kayfiyatni "qitiqlaydigan" qiziqarli gaplar!😂
🦉Kuzatuvlar, Yumor, Sarkazm.
⚠️Mualliflik huquqini hurmat qilganlardan Alloh rozi bo‘lsin!)

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-03-27 06:21:06 Ha, aytgancha, bir narsa esimdan chiqibdi! Qayerga chiqdi ekan, yaramas. Ha mayli, qaytib kirsa aytarman...)

@maxfiy_komik
1.3K views03:21
Ochish/sharhlash
2023-03-27 06:01:02 Haligi, menda bir fikr tug‘ildi, deymiz-ku!
O‘sha fikrni kim tug‘adi?

@maxfiy_komik
1.3K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-03-26 17:05:24 – So‘zlaringiz juda o‘tkir va sermazmun ekan. Gapni topib-topib gapirarkansiz. Buning hammasi ko‘p kitob o‘qishdan bo‘lsa kerak-a?!
– Yo‘g‘e, shunchaki, telegramda hammaning profilidagi statuslarni oqiyverib, shu natijaga erishganman))

@maxfiy_komik
1.3K views14:05
Ochish/sharhlash
2023-03-26 09:12:01 Onamlar xursand bo‘lsin deya sochimni kalga oldirib kelib, onamlarga:
– Oyi, soch qalay? Endi xursandmisiz? - desam,
– Voy, yana uzun-ku! - deydilar...


@maxfiy_komik
1.3K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-03-26 07:03:01 Universitetimizda bir o‘qituvchi men va yana bitta qizga ikki baho qo‘yib, yakuniydan yiqitibdi. Haligi qiz ustozlar xonasi oldida turib olib, bahosini o‘zgartirib berishlarini so‘rab yig‘layapti. Bir payt menga qarab:
– Siz yig‘lamaysizmi? Axir siz ham ikki oldingiz-ku! - deydi.
– Eehh, akang qarag‘ayning ko‘z yoshlari maktabdagi ikkilarga baxshida bo‘lgan, - dedim. Miyasi qisib qoldi))


@maxfiy_komik
1.3K views04:03
Ochish/sharhlash
2023-03-25 21:58:50 Bir kechaga mehmon kerakmasmi hech kimga?

@maxfiy_komik
1.3K views18:58
Ochish/sharhlash
2023-03-25 21:50:34 Onamlar:
– Kechasi ham shu telefoningni quchoqlab yotasan-a?! - degandilar,
– Uylanmagandan keyin shu-da! - deb yuboribman...

(Tashqari ancha sovuq ekan-a?))

@maxfiy_komik
1.3K viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2023-03-25 08:26:33 Men Google'ga:
– Paypog‘imning bir poyi qayerda?

Google:
– Shkafni qarab ko‘r, balki farosatingga qo‘shib tahlab yuborgandirsan?


@maxfiy_komik
1.7K views05:26
Ochish/sharhlash
2023-03-25 02:54:00 Endi biroz kuch yig‘ib, Sinfdoshlar guruhiga ham xabar yozib ko‘rmoqchiman! Nima bo‘lsa bo‘ldi! Hayot mana shunday xavf-xatarlar bilan qiziq-da!

@maxfiy_komik
2.0K views23:54
Ochish/sharhlash
2023-03-25 02:47:20 Hozirgina Qarindoshlar guruhiga xabar yozib yubordim. Hozir sog‘lig‘im joyida. Bu siz o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas ekan. Hech qayeringiz og‘rimas ekan, ishonavering!)

@maxfiy_komik
1.8K views23:47
Ochish/sharhlash