Get Mystery Box with random crypto!

​​Kompyuterdan dam oling Shogirdim Odilni oxirgi dasturchi | Mavlono Coder | Mem&blog

​​Kompyuterdan dam oling

Shogirdim Odilni oxirgi dasturchilar duch keladigan sog’liqdagi muammolar haqidagi postini o’qib, o’zim haqimda yozgim keldi.

Dasturchi bo’lish oson emasligini barchangiz bilib ulgurgan bo’lsangiz kerak. Natija buni oqlashiga qaramasdan, ammo dasturlash abstract narsaligini hisobga olsak, uni boshqa jismoniy mehnatga asoslangan kasblardan bir pog’ona yuqoriroq qo’ygan bo’lardim. Lekin bu natijani ham o’zini side effect ya’ni nohush ta’sirlari bo’ladi.

Odilning postida yozilgan ko’z kasalliklari, o’trib ishlash oqibatlari haqida o’zingiz juda ham yaxshi bilasiz. Bularni orasida sanab o’tilmagan, o’zimda kuzatiladigan bir “kasallik” ya’ni ingliz tilida “Chronic fatigue syndrome” (рус. Синдром хронической усталости), Doimiy Charchoq Sindromi haqida aytmoqchiman. Bu kasallik aqliy mehnat qiladigan ko’p kasb egalarida uchraydi, lekin aniq statistik ma’lumotlarini berolmayman.

Xo’sh, bu kasallik o’zi qanday kechadi, DCHS (Doimiy Charchoq Sindromi)da siz dam olish nimaligini bilmay qolishingiz mumkin, qanday deysizmi?

O’zimdan kelib chiqgan holda:

1. Birinchi o’rinda bu kasallik uyqu rejimida seziladi, siz kunlab uhlamasligingiz mumkin, lekin boshingizni yostiqqa qo’yganda hali ham uyqingiz kelmayapgan bo’ladi, yokida aksincha, siz uhlamay yurib, bir boshingizni yostiqqa qo’yishingiz bilan, 12-16 soatlab vaqt o’tib ketib qoladi. Lekin shundan keyin ham o’zingizni dam olganday sezmaysiz. Oddiy uhlash rejimida 8 soatdan har kuni uhlasangiz ham, uyqingizda doimiy o’y hayollar oqimi toxtamaydi, siz kutish rejimiga o’tgan kompyuterdak fonda qandaydir vazifalarni bajarib turaverasiz va bunday uyqudan turganingizdan keyin, sizga dam olganingiz sezilmaydi.

2. Bir narsaga e’tibor qaratishingiz qiyinlashib qoladi, ya’ni sabrsiz bo’lib qolasiz, sizga berilgan vazifani ustida ishlayotgan bo’lsangiz, darxol nimagadir chalg’ib ketishingiz osonlashib qoladi. Ko’pincha multitasking, ya’ni bir vaqtni o’zida bir nechta ishlarni qilishni boshlaysiz, bu o’z o’rnida samaradorlik va ish sifatini pasaytiradi.

3. Qo’l qaltrashi, bu holat meni o’zimda birinchi bo’lib paydo bo’lgan simptomlardan deb hisoblasak, asablar dam olmaganligi uchun, ular hardoim tarang holatda turadi va o’rta statik odamni qo’lidan ko’ra ko’proq qaltraydi.

4. Ko’p tush ko’rish. Tush ko’rish, uyqu fazasining yuqori bosqichida kechganligi uchun, sizning yuqorida aytilgan fondagi vazifalaringiz quyu bosqichga o’tishingizga yo’l qo’ymay turavergani uchun, deyarli har kuni tush ko’rishni boshlaysiz. Odatda bu tushlarni, yaxshi ma’noli tushlar deb bo’lmaydi.

5. Tez tez qaytarilib turadigan, sababsiz bosh og’riqlari. Ko’p holatlarda, og’riq qoldruvchi dorilar yordam bermaydi chunki, bu kasallik alomatini quyi bosqichda yengish kerak.

2018 yilda birinchi martta Nevropotolog ko’rigidan o’tganimdan keyin, bu kasallikga yilda bir marotaba davolanish kursini o’tish tavsiya qilingan edi. Bu kurs davomida deyarli 1.5oy davomida, asablarni tinchlantiradigan (Нобен), miyya faoliyatini normallashtiradigan (Адаптол) va uyquni tog’rladiydigan sedativ tabletkalarni (Модус дрим) ichib yurish kerak. Ammo buni o’zi yetarli emasligini ta’kidlab o’tish joyiz. Siz ishingizdan dam olishingiz, kompyuter o’yinlari yokida telefonda sotsial tarmoqlarni titkilash bo’lsa, sizning ahvolingiz yaxshilanishi faqatgina tabletkalarga bog’liq bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun, eng katta berilgan tavsiya, ochiq havoda sayr, turli hil jismoniy mashqlar va eng asosiysi turli xil devicelardan dam vaqtida voz kechisdir. Shuning uchun siz obunachilarimga tog’ri dam olishni rejalashtirib o’ylab ko’rishingizni tavsiya qilib qo’ygan bo’lardim. Zero, “Ivan Vasilevich o’z kasbini o’zgartiradi” filmida aytilganidek, asab tolalari qayta tiklanmaydi

Soat 3:35 bo’lshiga qaramasdan, hali ham uyquni sezmadim, ammo soat 8:00 da uyqudan turgan bo’lsam ham. Shuning uchun azizlar, agar sizlar ham uhlamayapgan bo’lsangiz, telefon va kompyuterlaringizni o’chirib. Tog’ri dam olishga urunib ko’ring.

@khumoyun_codes