Get Mystery Box with random crypto!

Har doim ham to'g'ri qarorlar qabul qilavermaysiz, har doim ha | Njj

Har doim ham to'g'ri qarorlar qabul qilavermaysiz, har doim ham qilgan ishingiz to'g'ri bo'lavermaydi. Noto'g'ri qarorlar qabul qilasiz va noto'g'ri javoblar berasiz yoki qaysidir qilgan ishingiz noto'g'ri bo'ladi. Muhimi bu emas, muhimi qilgan ishingiz mantiqiy bo'lishi va qo'yilgan vazifaga ozgina bo'lsa ham to'g'ri keladigan bo'lishidir.

Biz agar hammasini to'g'ri qilamiz, javobimiz ham, qadamimiz ham to'g'ri bo'lsin desak, umuman oldinga harakat qila olmay qolamiz. Hammasi to'g'ri bo'lishi kerak, men hech qachon xato qilmasligim kerak degan bosim qo'rqoqlikni shakllantiradi. Qilgan harakatlaringiz mantiqiy bo'lsin va ma'lum bir doiraga to'g'ri kelsin. Natija esa Allohdan.

@MATIVATSIYABIZNES