Get Mystery Box with random crypto!

​​Bilmaymiz emas, bilamiz — Koʼpchilik gʼarbni ilm-fanda anch | Njj

​​Bilmaymiz emas, bilamiz

— Koʼpchilik gʼarbni ilm-fanda anchagina rivoj topganidan xabari bor. Ularni oldida bizni millat hech narsani bilmaydi goʼyo.

— Bilmaymiz emas, bilamiz. Biz hammasini bilamiz. Biz hayotda oʼzimiz istagandek, oʼzimiz orzu qilgandek hayotga yetish uchun nima qilish kerakligini bilamiz, shu narsalarga intilmaymiz xalos.

— Biz rivojlanishimiz uchun kitoblar oʼqishimiz muhimligini bilamiz, oʼqimaymiz xalos.

— Biz muvaffaqiyat deb ataydigan narsaga qanday yoʼl bilan yurib borish kerakligini bilamiz, yurmaymiz xalos.

— Biz har dushanba kuni hayotimizni yangidan boshlaymiz deb qaror qilamiz, faqat uxlaymiz xalos.

— Biz, bizni harob qiladigan amallar nimaligini bilamiz, ulardan voz kechmaymiz xalos.

— Bizni millat ajdodlari ilm-fanda buyuk boʼlganini bilamiz, oʼzimiz ularga oʼxshashga harakat qilmay, ular bilan faxrlanamiz xalos.

— Bizni millatni zalolatdan faqatgina ilm-fan olib chiqishini bilamiz, lekin biz mayishatni tanlaymiz xalos.

Biz hammasini bilamiz, amal qilmaymiz xalos.

@MATIVATSIYABIZNES