Get Mystery Box with random crypto!

​​#Qabul2020 Qabulning birinchi kunida 14 524 nafar abituriy | Mathonline %STAY HOME%

​​#Qabul2020

Qabulning birinchi kunida 14 524 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

Bugun, 20 iyundan respublika oliy taʼlim muassasalariga 2020/2021 oʻquv yiliga uchun oʻqishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.

2020 yil 20 iyun soat 18:00 holatiga respublika boʻyicha jami 14 524 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi.

Shundan, taʼlim shakli boʻyicha:

kunduzgi – 9 325 nafar;
sirtqi – 4 933 nafar;
kechki – 266 nafar.

Hududlar miqyosida:

Toshkent shahri va viloyati – 5 979 nafar;
Andijon viloyati – 1 546 nafar;
Samarqand viloyati – 1 412 nafar;
Fargʻona viloyati – 854 nafar;
Namangan viloyati – 815 nafar;
Surxondaryo viloyati – 792 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 617 nafar;
Buxoro viloyati – 590 nafar;
Navoiy viloyati – 472 nafar;
Sirdaryo viloyati – 394 nafar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 360 nafar;
Jizzax viloyati – 354 nafar;
Xorazm viloyati – 339 nafar.

Tillar kesimida:

oʻzbek tilida12 011 nafar (82,7%)
rus tilida2309 nafar (15,8%)
qoraqalpoq tilida149 nafar (1,2%)
boshqa tillarda – 55 nafar (0.3%).

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar:

Andijon davlat universiteti – 844 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti - 736 nafar;
Samarqand davlat universiteti – 663 nafar;
Namangan davlat universiteti – 550 nafar;
Termiz davlat universiteti – 532 nafar.

Eslatib oʻtamiz, abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw