Get Mystery Box with random crypto!

Foydali ma'lumotlar Biror A natural sonning barcha bo'luvch | Math channel(FA)

Foydali ma'lumotlar

Biror A natural sonning barcha bo'luvchilari haqida gaplashamiz.

Eng birinchi A sonni tub ko'paytuvchilarga ajratib olamiz: Masalan A=aᵐ•bⁿ•cᵏ bo'lsin.
Bu yerda a, b, c - tub sonlar, m, n, k - natural sonlar.

A sonning tub ko'paytuvchilarga ajratilish yoyilmasi A sonning kanonik yoyilmasi deyiladi.

Masalan: a-juft tub son ya'ni 2 bo'lsin. b va c - toq tub sonlar bo'lsin deylik.

  NBS(A)- A natural sonni natural bo'luvchilar soni:
NBS(A)=(m+1)•(n+1)•(k+1)
TBS(A)- A batural sonni tub bo'luvchilar soni:
TBS(A)=3
Izoh: A sonning kanonik yoyilmasidagi tub sonlar soni ya'ni a, b, c larning soni:
TBBS(A) - A natural sonni tub bo'lmagan bo'luvchilar soni:
TBBS(A)=NBS(A)-TBS(A)
MBS(A) - A natural sonni murakkab bo'luvchilar soni:
MBS(A)=NBS(A)-TBS(A)-1=TBBS(A)-1
BBS(A) - A natural sonni butun bo'luvchilar soni:
BBS(A)=2NBS(A)
ToqBS(A) - A natural sonni toq bo'luvchilar soni:
ToqBS(A)=(n+1)•(k+1)
Izoh: A natural sonni toq bo'luvchilari sonini topish uchun uning kanonik ko'rinishiga qaraymiz. Kanonik yoyilmadagi toq tub sonning darajalariga birni qo'shib ko'paytiramiz.
JuftBS(A) - A natural sonni juft bo'luvchilar soni:
JuftBS(A)=NBS(A)-ToqBS(A)
NBY(A) - A natural sonni natural bo'luvchilar yig'indisi:
NBY(A)=(aᵐ⁺¹-1)/(a-1)•(bⁿ⁺¹-1)/(b-1)•(cᵏ⁺¹-1)/(c-1)
BBY(A) - A natural sonni butun bo'luvchilar yig'indisi:
BBY(A)=0
TBY(A) - A natural sonni tub bo'luvchilari yig'indisi:
TBY(A)=a+b+c
TBBY(A) - A natural sonni tub bo'lmagan bo'luvchilar yig'indisi:
TBBY(A)=NBY(A)-TBY(A)
MBY(A) - A natural sonni murakkab bo'luvchilar yig'indisi:
MBY(A)=NBY(A)-TBY(A)-1=TBBY(A)-1
ToqBY(A) - A natural sonni toq bo'luvchilar yig'indisi:
ToqBY(A)=(bⁿ⁺¹-1)/(b-1)•(cᵏ⁺¹-1)/(c-1)
JuftBY(A) - A natural sonni juft bo'luvchilar yig'indisi:
JuftBY(A)=NBY(A)-ToqBY(A)
NBK(A) - A natural sonni natural bo'luvchilar ko'paytmasi:
NBK(A)=A^(NBS(A)/2)
BBK(A) - A natural sonni butun bo'luvchilar ko'paytmasi:
BBK(A)=(-A)^NBS(A)
TBK(A) - A natural sonni tub bo'luvchilar ko'paytmasi:
TBK(A)=a•b•c
TBBK(A) - A natural sonni tub bo'lmagan bo'luvchilar ko'paytmasi:
TBBK(A)=NBK(A)/TBK(A)
MBK(A) - A natural sonni murakkab bo'luvchilar ko'paytmasi:
MBK(A)=NBK(A)/TBK(A)=TBBK(A)
ToqBK(A) - A natural sonni toq bo'luvchilar ko'paytmasi:
ToqBK(A)=(bⁿ•cᵏ)^(ToqBS(A)/2)
JuftBK(A) - A natural sonni juft bo'luvchilar ko'paytmasi:
JuftBK(A)=NBK(A)/ToqBK(A)

Kanalimiz:
@Mathchannel_FA