Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday oʻtadi? Prez | MATEMATIKA AKADEMIYASI

Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday oʻtadi?
Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi.
1-bosqichda matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollari beriladi.
Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
Birinchi bosqich natijasiga koʻra qabul kvotasida belgilangan har bir oʻringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda qatnashadi (masalan – Namangan shahri maktabining har bir sinfiga 480 talabgor (24 oʻrin * 20 talabgor) qatnashishi mumkin).
2-bosqichga oʻtgan talabgorlar uchun quyidagi topshiriqdan iborat test sinovlari oʻtkaziladi:
• axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʻyicha – 16 ta masala;
• mantiq elementlari boʻlgan matematika fanidan – 24 ta masala;
• ingliz tilidan – 55 ta test.
4- va 5-sinf oʻquvchilari toʻplagan ballarning asosiy qismini (80 foizini) tanqidiy fikrlash va mantiqiy bilimni talab etuvchi topshiriqlarni bajarish orqali yigʻishlari mumkin. Ballarning 20 foizigina ingliz tili faniga toʻgʻri keladi.
Shu bois nomzodlar ingliz tilidan mukammal tayyorgarlikka ega boʻlmay, tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan boʻlsa ham, Prezident maktablariga qabul qilinish ehtimoli yuqori boʻladi. Nomzodlar istagiga koʻra ushbu yoʻnalishdagi imtihon savollari ingliz tilida emas, davlat tilida berilishi mumkin.

@math_academy1