Get Mystery Box with random crypto!

Matematikaga oid tabrik YANGI YIL MUBORAK BO'LSIN! Ortib | Matematiklar sam

Matematikaga oid tabrik
YANGI YIL MUBORAK BO'LSIN!

Ortib boraversin yuzga biringiz,
X bo'lib qolsin doim siringiz.
Sonli to'plam bo'lsin o'g'il-qizingiz,
Ularga nur bo'ling doim o'zingiz.

Bugun bayram ekan bir kulishaylik,
Shodliklarni qoldiqsiz, teng bo'lishaylik.
Og'ir kasbingizda sizga ming omad,
Modul belgisidek bo'ling tik qomad.

Tekislikday tilay cheksiz omonlik,
Kasr mahrajidek ko'rmang yomonlik.
Integraldek egilmasin belingiz,
Intervalga sig'mas bo'lsin fe'lingiz.

Natural sonlardek beg'ubor yashang,
Qalbdagi g'amlarni ayirib tashlang.
Plyusdek charaqlab tursin ko'zingiz,
Hosilasiz hosil bersin ko'zingiz! Kelayotgan Yangi yilingiz bilan