Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi matematik bo‘lish uchun bir nechta maslahatlar: Qat’iy | MatematikaHD

Yaxshi matematik bo‘lish uchun bir nechta maslahatlar:

Qat’iyatli bo‘ling — matematika o‘tirvolib, yodlab olinadigan fan emas. Masalaning o‘zi haqida o‘ylab ko‘ring va uni yechish  yo‘lini topishga harakat qiling.

Muntazam mashq qiling — qiyin tushunchalarni o‘zlashtirish uchun kitobdagi masalalarni yeching va qiyinroq masalalar berilgan kitoblarni topib, ulardagi masalalarni ham ishlang.

Jo‘shqin bo‘ling — to‘g‘ri motivatsiyani saqlab qolish uchun qilayotgan ishingizga ishtiyoqingiz bo‘lishi kerak. Matematikani osonlik bilan o‘rganmasligingiz mumkin, lekin agar siz uni yaxshi ko‘rsangiz va kerakli vaqt va kuchni sarflashga tayyor bo‘lsangiz, siz yaxshi matematik bo‘lishingiz mumkin.

Mantiqni o‘rganing — mantiq matematik mulohazaning asosi bo‘lib, to‘g‘ri isbotni ishlab chiqish uchun zarurdir. Mantiq sizga odamlar xato topa olmaydigan qilib,  tartibli isbotni yozishingizga yordam beradi.

Hamma narsani savol ostiga qo‘ying — agar kimdir sizga nimanidir haqiqat desa, buni sizga isbotlashini so‘rang. Biror narsani o‘zingiz isbotlashga urinishingiz sizga matematik tafakkuringizni mashq qildirish va barcha matematik masalalarni shu tarzda o‘ylay boshlashingizga yordam beradi.

Matematik kitoblarni o‘qing — mavzu bo‘yicha mustahkam asosga ega bo‘lish uchun yuzlab yillar oldin yozilgan asl maqolalarni va isbotlarni o‘rganing.

Nikita Kapur

@super_matematika