Get Mystery Box with random crypto!

​​Bugun Bahor emish ko'chalaringiz, Yurak oshiqmoqda..! Xotira | Matematika videodarslar

​​Bugun Bahor emish ko'chalaringiz,
Yurak oshiqmoqda..! Xotira - dengiz...
Hammasi ayon-ku nigohingizdan-
Bahorni menchalik sog'inganingiz..!

Bizdan uzoq ketdi diydor qushlari,
To'rt yonga armug'on etib sukunat.
So'z deng, KO'KLAM kamin to'ldirib pari-
Bahorni menchalik sog'inganingiz..

Necha bor to'lg'anib to'lolmadi Oy-
Qishning osmonida, aldangancha yuz.
Hech qalbda topilmas, Sizningdek oshyon-
Bahorni menchalik sog'inganingiz!

Tog'lar yo'qotgani - jilmaydi yana,
Ariqning labida tongkutar - yalpiz.
Zulfingiz shodlikdan etar tantana-
Bahorni menchalik sog'inganingiz..!

Bugun Bahor emish kulgularingiz...