Get Mystery Box with random crypto!

📚Matematika fani yechimlari✔️

Telegram kanalining logotibi matematika_fani_yechimlari — 📚Matematika fani yechimlari✔️ M
Telegram kanalining logotibi matematika_fani_yechimlari — 📚Matematika fani yechimlari✔️
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 54
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalimizda barcha turdagi misollar ishlanmalarini tashlab boriladi.
O'zingizda va do'stlaringizda chiqmagan misollar uchun:
@Maqsad_Tursunov murojaat qiling
Qo'shimcha taklif va mulohazalar uchun:
@Maqsad_Tursunov ga murojaat qilishingiz mumkin.

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-10-02 18:40:23 2020-2021 - yil o`tish ballari

NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

BIZNING
KANALIMIZ:
@matematika_fani_yechimlari
94 views15:40
Ochish/sharhlash
2020-10-02 18:34:56
Kontraktga o‘tish ballari ham o‘zgardi

DTM saytidagi o‘tish ballari sahifasida ham o‘zgarish yuz bergan. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti misolida oladigan bo‘lsak, avval davlat granti uchun o‘tish ballari 2 ta fakultetda ko‘rsatilmagan, shunchaki chiziqcha qo‘yilgan edi. Chunki o‘sha yo‘nalishlarda kvota doirasida sportchilar imtiyozli qabul qilingandi. Ana endi ular kvotadan tashqariga olib o‘tilgandan keyin, davlat granti uchun o‘tish bali 189 ball deb belgilangan. Demak, 189 ball olganlarning barchasi grantga qabul qilingan.

Yana bir muhim tomoni, kontrakt uchun ham kirish ballari biroz pastlagan. Ya’ni sportchilar kvotadan tashqariga olib o‘tilgani natijasida kontrakt chizig‘ining tagida turgan va ozgina bali yetmay qolgan abituriyentlar mandat chizig‘ida yuqoriga ko‘tarilib, kontrakt asosida qabul qilingan.

Shuning uchun mandat chizig‘i tagida turgan abituriyentlar yana bir bor o‘z natijalarini qayta tekshirib qo‘yishlarini so‘ragan bo‘lar edim.

Xushnudbek Xudoyberdiyev
93 viewsedited  15:34
Ochish/sharhlash
2020-10-01 06:09:24
Kun.uz tanlovining rasmiy boti

@Maqsad_Tursunov doʻstingizdan unikal havola-taklifnoma.

Boshlash uchun bosing:https://t.me/omadlikun_bot?start=9345976
92 views03:09
Ochish/sharhlash
2020-09-29 17:30:01 1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay tartibda boshlanishi ma'lum bo‘ldi

Bakalavriatga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 12-oktyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma'lum qildi.

"Birinchi kurs o‘quvchilari uchun ham o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Farqli tomoni – rejamizga ko‘ra, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib bo‘linganidan keyin, 12-oktyabrdan boshlab, OTMlarda 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinadi.

Bu tanishuv darslari karantin qoidalariga to‘la amal qilib, auditoriyaga 50 foizdan oshmagan talabalarni kiritgan holda tashkil etiladi", – dedi vazirlik vakili.

Ma'lum qilinishicha, talabalar turar-joylariga talabalar joyalashtirilmaydi. Uzoq hududlardan Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘sha hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoshlarni yig‘ib, tanishuv darslari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi OTMlar professor-o‘qituvchilari uzoq hududlarga borib, tanishuv darslarini tashkil qiladi. Tanishuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo‘lmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bo‘lib, talabalar auditoriyani o‘zgartirmaydi.

"Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta'lim muassasasi va undagi o‘qituvchilar va dars jadvallari bilan tanishtiririladi. Bu yerda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta'lim olish ko‘nikmasini shakllantiramiz", – dedi Abduvali Xoliqov.
99 views14:30
Ochish/sharhlash
2020-09-26 06:45:54 #foydali
Tub sonlarning xossalari:

1) Faqat birga va o'ziga bo'linuvchi sonlar.


2) Bir tub ham, murakkab ham emas.


3) Tub sonlarning bo'luvchilari soni ikkita.


4) Ixtiyoriy murakkab son kamida ikkita tub sonning ko'paytmasidan hosil bo'ladi.


5) Murakkab sonlarni tub ko'paytuvchilarga ajratish kanonik yoyilma deyiladi.


6) Ikkita ixtiyoriy tub sonlarning umumiy bo'luvchisi birga teng. Ya'ni EKUB=1.


7) Yagona juft tub son bu ikki.


8) Tub sonlarning eng kichigi ikki.


9) Tub sonlar cheksiz.


10) Biror n sonidan katta bo'lmagan tub sonlar jadvalini tuzishda Eratosfen g'alviri deb ataladigan oddiy usuldan foydalaniladi.


11) Ikkiga farq qiladigan tub sonlar egizak tub sonlar deyiladi. Qo'shni tub sonlar ham deb ataladi. Masalan, 11 va 13. 101 va 103. 197 va 199. 1229 va 1231.
Nima deb o'ylaysiz, egizak tub sonlar ham cheksizmi? :))


12) Tub sonlarning EKUKi ularning ko'paytmasiga teng.


13) Natural sonlar to'plamida eng kam natural bo'luvchiga ega son bu bir. Undan keyingi o'rinni esa tub sonlar egallaydi.


14) Ixtiyoriy natural sonni tub son yoki tub son emasligini aniqlash uchun qaralayotgan sonni kvadrat ildiz ostiga olamiz. Ildizdan chiqqan songacha (ildiz ostidan chiqmaydigan sonni taqribiy qiymatini olamiz, ildiz osti 50 sonini taqribiy yettiga teng deb olamiz) bo'lgan tub sonlarga berilgan sonni bo'lib ko'ramiz. Birorta ham tub songa bo'linmasa qaralayotgan son tub. Bo'linsa, qanaqa sonligi ma'lum. :))))
Deylik, 53 sonini tub yoki tub emasligini aniqlamoqchimiz. Ildizga olsak bu sondan taqriban yetti chiqadi. Qoidaga ko'ra, 7gacha tub sonlarga bo'lib ko'ramiz, ya'ni: 2;3;5 va 7.
53 soni 2 ga, 3 ga, 5 ga va 7 ga ham bo'linmaydi. Demak, tub son ekan.



@matematika_fani_yechimlari
118 views03:45
Ochish/sharhlash
2020-09-21 07:08:37 #kulgu_time

Otdan baland, itdan past?

Javobi: o'qish davridagi kontrakt va bitirgandagi oylik maosh.

Teg, desam tegmaydi,
Tegma, desam tegadi?

Javobi: o'qishdan yiqilgan abituriyent qiz.

Chopsa chopilmas,
Bo'lsa bo'linmas.
Kessa kesilmas,
Ko'msa ko'milmas?

Javobi: Talaba

Ismi bor, jismi yo'q?

Javobi: darsda qatnashmasa ham bahosi chiqib ketaveradigan talaba.

Biz edik, biz edik,
O'ttiz ikki qiz edik.
Bir taxtaga tizildik,
Berar berar uzildik?

Javobi: Pedagogikani qizlari.

Yer tagida oltin qoziq?

Javobi: peshonasiga kontrakt asosida o'qishga kirish yozilgan abituriyent!

Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin yozin tinmaydi?
Javob sizdan

@matematika_fani_yechimlari
179 views04:08
Ochish/sharhlash
2020-09-03 16:03:34 Mana shu dasturni ochib, QR kodga kamerani tutasiz. Kamera esa QR kodni skanerlab, sizga test natijalarini e'lon qilgan sahifani ochib beradi!

@matematika_fani_yechimlari
222 views13:03
Ochish/sharhlash
2020-09-03 16:01:40
Buni bilarmidingiz?

Hurmatli abituriyentlar yaqin orada 2.09 sanadagi imtihon ballari e'lon qilinadi.

Ruxsatnomangizning pastidagi QR kod orqali ham test natijalarini bilib olishingiz mumkin!

QR code ni o'qish uchun, sizga alohida dastur kerak bo'ladi!

Barafsil, tez orada....
@matematika_fani_yechimlari
201 views13:01
Ochish/sharhlash
2020-09-02 20:05:43
139 views17:05
Ochish/sharhlash
2020-09-02 19:50:56
132 views16:50
Ochish/sharhlash