Get Mystery Box with random crypto!

Oʻquvchilarimga aytarlarim Hurmatli oʻquvchim, yoʻq sizni un | Matematika

Oʻquvchilarimga aytarlarim


Hurmatli oʻquvchim, yoʻq sizni unday atamayman, ukalarim, singillarim, bilingki, imtixon yaqin.Sizning oxirgi 1 oylik harakatingiz sizni yoki talaba boʻlishingizga sabab boʻladi yoki...

Bilingki, sizning muvaffaqiyatingiz - otangizning muvaffaqiyati
Sizning muvaffaqiyatingiz - onangizning muvaffaqiyati,
Sizning muvaffaqiyatingiz - oilangizning muvaffaqiyati.
Sizning muvaffaqiyatingiz -
mening muvaffaqiyatim,
Sizning muvaffaqiyatingiz - boshqa oʻqituvchilaringizning muvaffaqiyati.
Sizning muvaffaqiyatingiz- maktabingizning muvaffaqiyati. Shu yoshingizda yelkangizda shuncha masʼuliyat! Bu juda daxshat!!!

Bilingki, hozir faqat oʻqish vaqti!
Oʻqing
Sizga ishonmaganlarni uyaltirish uchun ham
Oʻqing
Ertalab vaqtli turib, darsga shoshilishlarni, kechasi bilan dars qilishlarni tugatish uchun ham
Oʻqing
Ota-onangizning sizdagi orzu-umidlari haqqi-hurmati
Oʻqing...

Abituriyentlik yoshlikning eng qiyin mashaqqatli davri- Talabalik esa yoshlikning eng ajoyib davri. Ishoning bu davr harakatlaringizga arziydi. Bu davrni his qilmay yashab oʻtish esa... bu juda yomon, juda yomon

'Bilingki, sizning boʻsh vaqtingiz - raqiblaringizning ish vaqtidir'.

Kimdir kunni uxlab oʻtkazganda, kimdir test yechyapti!
Kimdir telefon oʻynayotganda, kimdir kitob oʻqiyapti!
Kimdir TVda serial koʻrayotganda, kimdir qoidalarni yodlayapti!
Kimdir doʻstlari bilan valaqlashayotganda, kimdir doʻsti bilan savol javob qilyapti...
Xullas, kimdir oʻz ustida doimo ishlayapti, kimdir esa shunchaki vaqt oʻtkazish bilan band!
Kim munosibroq? Ayting-chi? Talabalikka...

Vaqt... Bu sizning dushmaningiz, agar undan toʻgʻri foydalanmasangiz
Vaqt...Bu sizning doʻstingiz, agar undan toʻgʻri foydalana olsangiz
27 kun qolibdi imtihonga
Bu juda katta muddat, agar uni faqat oʻqishga sarflasangiz
27 kun qolibdi imtihonga
Bu juda oz muddat agar uni mayda-chuyda ishlarga sarflasangiz...

Toʻgʻri, hozir hayotimiz doimgidek emas, mashaqqat... lekin bu sizni oʻqishdan toʻxtatishi kerakmas.
Balki,yanada koʻproq oʻqishingiz uchun sabab boʻlishi kerak!

Ukalarim, singillarim, sezyapsizmi, MANZIL yaqin! Orzular manzili. Bekatingiz - "Talabalik"
Bu bekatda tushasizmi yoʻqmi bu 27 kunlik harakatingizga bogʻliq...