Get Mystery Box with random crypto!

Matematika

Telegram kanalining logotibi matematika_a_x — Matematika M
Telegram kanalining logotibi matematika_a_x — Matematika
Kanal manzili: @matematika_a_x
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 62

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-07 04:36:42 Oʻquvchilarimga aytarlarim


Hurmatli oʻquvchim, yoʻq sizni unday atamayman, ukalarim, singillarim, bilingki, imtixon yaqin.Sizning oxirgi 1 oylik harakatingiz sizni yoki talaba boʻlishingizga sabab boʻladi yoki...

Bilingki, sizning muvaffaqiyatingiz - otangizning muvaffaqiyati
Sizning muvaffaqiyatingiz - onangizning muvaffaqiyati,
Sizning muvaffaqiyatingiz - oilangizning muvaffaqiyati.
Sizning muvaffaqiyatingiz -
mening muvaffaqiyatim,
Sizning muvaffaqiyatingiz - boshqa oʻqituvchilaringizning muvaffaqiyati.
Sizning muvaffaqiyatingiz- maktabingizning muvaffaqiyati. Shu yoshingizda yelkangizda shuncha masʼuliyat! Bu juda daxshat!!!

Bilingki, hozir faqat oʻqish vaqti!
Oʻqing
Sizga ishonmaganlarni uyaltirish uchun ham
Oʻqing
Ertalab vaqtli turib, darsga shoshilishlarni, kechasi bilan dars qilishlarni tugatish uchun ham
Oʻqing
Ota-onangizning sizdagi orzu-umidlari haqqi-hurmati
Oʻqing...

Abituriyentlik yoshlikning eng qiyin mashaqqatli davri- Talabalik esa yoshlikning eng ajoyib davri. Ishoning bu davr harakatlaringizga arziydi. Bu davrni his qilmay yashab oʻtish esa... bu juda yomon, juda yomon

'Bilingki, sizning boʻsh vaqtingiz - raqiblaringizning ish vaqtidir'.

Kimdir kunni uxlab oʻtkazganda, kimdir test yechyapti!
Kimdir telefon oʻynayotganda, kimdir kitob oʻqiyapti!
Kimdir TVda serial koʻrayotganda, kimdir qoidalarni yodlayapti!
Kimdir doʻstlari bilan valaqlashayotganda, kimdir doʻsti bilan savol javob qilyapti...
Xullas, kimdir oʻz ustida doimo ishlayapti, kimdir esa shunchaki vaqt oʻtkazish bilan band!
Kim munosibroq? Ayting-chi? Talabalikka...

Vaqt... Bu sizning dushmaningiz, agar undan toʻgʻri foydalanmasangiz
Vaqt...Bu sizning doʻstingiz, agar undan toʻgʻri foydalana olsangiz
27 kun qolibdi imtihonga
Bu juda katta muddat, agar uni faqat oʻqishga sarflasangiz
27 kun qolibdi imtihonga
Bu juda oz muddat agar uni mayda-chuyda ishlarga sarflasangiz...

Toʻgʻri, hozir hayotimiz doimgidek emas, mashaqqat... lekin bu sizni oʻqishdan toʻxtatishi kerakmas.
Balki,yanada koʻproq oʻqishingiz uchun sabab boʻlishi kerak!

Ukalarim, singillarim, sezyapsizmi, MANZIL yaqin! Orzular manzili. Bekatingiz - "Talabalik"
Bu bekatda tushasizmi yoʻqmi bu 27 kunlik harakatingizga bogʻliq...
112 views01:36
Ochish/sharhlash
2022-06-22 06:21:36
Bolaga kitob bering
Lekin abituriyentga emas
150 viewsedited  03:21
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:40:19
176 views16:40
Ochish/sharhlash
2022-06-16 19:39:06 Қабул жараёнига оид Президент қарори ва фармойишида нималар белгиланди?

Квоталар сони тасдиқланди. Батафсил;

Қабул 20 июндан 20 июлгача бўлади. Батафсил;

5 тагача йўналиш, шу жумладан турли таълим шаклларини танлаш мумкин. Батафсил;

Ўқишни кўчиришга оид янги тартиб тасдиқланди. Батафсил;

Магистратурада йилда 2 марта (ёз, қиш) қабул бўлади. Батафсил;

Магистратурада мутахассисликдан имтиҳон бўлмайди. Батафсил;

Магистратурадаги барча хотин-қизларнинг контрактлари тўлаб берилади. Батафсил;

Энди имтиёзлилар фақат қўшимча давлат грантига қабул қилинади. Батафсил.


Bu juda muxim
161 views16:39
Ochish/sharhlash
2022-06-14 18:02:36 Namangan davlat chet tillar instituti tashkil etildi.

Prezident qarori (PQ–275-son, 09.06.2022 y.) bilan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti tashkil etildi.

Institutda o'quv jarayoni 2022/2023 o'quv yilidan boshlanadi.

2023/2024 o'quv yilidan boshlab Institutning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta ko'nikmani (tinglab tushunish, o'qish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladi. Bunda:

chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
chet tili bo'yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan abiturientlarga ushbu fandan o'qishga kirish sinovlarida kasbiy (ijodiy) imtihonsiz maksimal ball beriladi

Institutda talabalarga ikkita xorijiy til bo'yicha kvalifikasiya berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Institutning xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam bo'lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega o'qituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama haqi to'lab boriladi.

2023 yildan boshlab Institutga doktorantura bo'yicha qabul kvotalari ajratiladi.

2024/2025 o'quv yilidan boshlab:

Institutning o'quv jarayoniga til egasi bo'lgan malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi tashkillashtiriladi;
Institut talabalarining o'quv va ilmiy amaliyotlari xorijiy davlatlarda tashkil etiladi.

SHuningdek, Institut Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining ta'lim hamkori etib belgilandi.

Abituriyentlarga yetkazing
168 views15:02
Ochish/sharhlash
2022-06-11 22:07:26 Qiyin oʻyindagi ogʻir gʻalaba muborak Oʻzbekiston ahliga
olgʻaaaa OʻZBEKISTON!!!
123 viewsedited  19:07
Ochish/sharhlash
2022-06-11 13:27:05
Matematikaga bogʻliqligi
Katak daftarga chizilganida

@Matematika_bosqichli
128 viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2022-06-08 06:09:00
Imtihonda hayajonlanmaslik uchun - Muhammadali Eshonqulov.

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!
160 views03:09
Ochish/sharhlash