Get Mystery Box with random crypto!

MATEMATIKA

Telegram kanalining logotibi matematik_hojiyev_testlari — MATEMATIKA M
Telegram kanalining logotibi matematik_hojiyev_testlari — MATEMATIKA
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 405

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2022-08-08 18:54:07 maxsus blok
172 views15:54
Ochish/sharhlash
2022-08-08 18:43:07
179 views15:43
Ochish/sharhlash
2022-08-08 18:42:48
171 views15:42
Ochish/sharhlash
2022-08-08 18:42:48
163 views15:42
Ochish/sharhlash
2022-08-08 15:22:51 Bu muhim: 7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing

Kirish imtihonlari ham boshlandi Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.
162 views12:22
Ochish/sharhlash
2022-08-08 11:10:12 E'LON
20 - avgustdan ingliz tili grammatika va IELTS kurslarimizga qabul boshlanadi.

Manzil: Peshku tuman, Xayroxayre qishlog'i

Batafsil ma'lumot uchun: +998992659387, @Humoyun_Abdusobirov
164 views08:10
Ochish/sharhlash
2022-08-08 10:03:05 Кўп берилаётган саволлар:
#abituriyent

Тестга оқ кўйлакда келиш шартми?
ЖАВОБ: йўқ, шарт эмас. Кийимга чеклов қўйилмаган. Ўзингизга қулай бўлган кийимда келаверинг (фақат одоб доирасини унутманг).

Агар керак бўлса, қўшимча қоралама (черновик) учун қоғоз бериладими?
ЖАВОБ: Ҳа, берилади. Ўзи саволлар китобида қоралама учун бўш варақ тикилган бўлади. Мабодо шу етмай қолса, яна сўралса, назоратчилар беришади. Фақат асосий шарти ўша қоғозларни олиб чиқиб кетиш мумкин эмас, қоралама қоғозлар ичкарида қолиши керак.

Саволлар китобига тахмин қилган жавобларимизни белгилаб турсак бўладими?
ЖАВОБ: ҳа, саволлар китобига бемалол тахмин қилинган тўғри жавобларни белгилаш, турли қайдлар ёзиш, чизиш мумкин. Лекин саволлар китобини йиртиш, ўзи билан олиб чиқиб кетиш, бировга бериб туришга рухсат йўқ.


@xushnudbek
165 views07:03
Ochish/sharhlash
2022-08-07 16:28:35
2022 yil test sinovlarini o‘tkazish tartibi

Kechikkan abituriyent testga kirmaydi
1 soat vaqtli kelish kerak!

Imtihon 8-avgust kunidan boshlanadi.

Test bo'ladigan maydon geolokatsiyasi ruxsatnoma ichida QR kodda joylashgan bo'ladi.

Abituriyent testga KEPKA, PANAMA kabi bosh kiyimda kelishlari mumkin.

Imtihonga kirishda bir nechta nazorat punktlar orqali tekshiruvdan o'tiladi. Abituriyentlar ID karta (Passport) va "Abituriyent ruxsatnomasi" bilan kelishi shart.

Quyidagilar taqiqlangan:

— Passport nusxasi va boshqa hujjatlar.

Quyidagi holatlarda imtihonga kiritilmaydi:
Telefon,
kalkulyator,
naushnik,
smart soat,
kitob,
shpargalka kabi vositalar
olib kirsa!
Fiksatsiyali kamera va barmoq izi yordamida abituriyent shaxsi tasdiqlanmasa.

Imtihon 2 smenada o'tkaziladi:
1-smena 7:00 da (06:00 gacha kirish kerak)
2-smena 19:00 da boshlanadi (18:00 gacha kirish kerak)
113 views13:28
Ochish/sharhlash
2022-08-06 05:17:13 ​​#motivatsiya

Garvard universiteti talabalaridan 16 ta motivatsiya beruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.

2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.

3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.

4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.

5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?

6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.

7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.

8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.

9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.

10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.

11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.

13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.

15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.

16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

​​
ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @online_testibot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!
163 views02:17
Ochish/sharhlash
2022-08-04 19:04:33 13 avgustdan matematika maxsus blok testlarini berib boramiz
201 views16:04
Ochish/sharhlash