Get Mystery Box with random crypto!

​O'chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar #foydali Fayllar | <\> 𝐌𝐂 | MASTERCODERS Academy </>

O'chgan fayllarni qayta tiklovchi dasturlar
#foydali

Fayllar vinchesterda qismlarga bo'linib, bloklar ko'rinishida saqlanadi, agar siz biror faylni o'chirsangiz, shu fayl yozilgan bloklar bo'shatiladi, tozalanmaydi, balki bo'sh deb belgilab qo'yiladi.
Qayta tiklovchi dasturlar shu belgilarni olib tashlab, fayl mavjudligini sizga ko'rsatib beradi. Agar o'chgan fayl yozilgan bloklar ustiga boshqa fayl qismlari yozilib qolsa, bu bloklardagi eski qismlarni katta ehtimol bilan qayta tiklolmaysiz.

Qisqacha, qayta tiklash haqida nazariy ma'lumot berib o'tdim, quyida qayta tiklovchi dasturlar ro'yxatini, o'zining rasmiy saytidan ko'chirib olishingiz mumkin bo'lgan havolasi bilan berib o'taman. Biror faylingizni, bilmay o'chirib tashlasangiz, quyidagi dasturlar qayta tilklashga yordam berishi mumkin:

Recuva
PhotoRec
DMDE
Disk Drill
Puran File Recovery
RecoveRx
MiniTool Power Data Recovery
Stellar Data Recovery
Data Rescue

Xulosa, agar biror faylni bilmasdan o'chirib qo'ysangiz, yoki biror diskni format qilib qo'ysangiz, darhol qayta tiklovchi dasturlar orqali ishni boshlang, vinchesterda fayllar hosil qilishdan yoki fayllar tashlashdan o'zingizni tiyib turing.

Yuqoridagi ko'p dasturlar bepul, ko'chirib olib, tekshirib ko'rishingiz mumkin.

➤ @MASTERCODERS_Academy