Get Mystery Box with random crypto!

Ne'mat - shukri bilan ne'matdir! 'Darhaqiqat, ne'mat qachonki | MARUZALAR 🎤

Ne'mat - shukri bilan ne'matdir!

"Darhaqiqat, ne'mat qachonki uni Alloh taolo chiroyli tasarruf qilishga muvaffaq qilsagina bandaga ikrom bo‘lar.
Ne'matning haqqi - har qanday holatda ham unga shukr qilishlik va u ne'matni senga rizq qilib bergan Zotdan mashg‘ul bo‘lib qolmaslik bilan bo‘ladi".
Shayx Muhammad Mutavalliy Sha'roviy rahimahulloh.
Har bir rizqda asliy ne'mat bor. Yaxshilikda xayriyat imkoni, musibatda esa ma'siyatdan hazirlik bor.
Ne'matlarga burkanib, kengchilik dengizida quloch yozib suzayotgan bo‘lsang, havolanma.
Bu - ne'mat beruvchi Zotni seni ikrom qilayotgani emas. Aslo unday emas. Agar sen o‘sha ne'matlarni faqatgina xayrli amallarga sarf qila olayotgan bo‘lsang - manfaatli ikrom.
Agar, ne'matlar bisyorligi seni gunoh - ma'siyatlar kemasida, rohat - farog‘at daryosida suzishga yetkazayotgan bo‘lsa - xuzlondir.
Unutma - hali oldinda har bir ne'matdan so‘ralish bor!

ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ЖЎНАТИНГ
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
https://t.me/joinchat/WH79WCVH2URkMzcy
Достларингизга Юборинг