Get Mystery Box with random crypto!

2022 yilni Astrum da Data Science yo'nalishini o'rganish bilan | Maruf's blog - blog in IT

2022 yilni Astrum da Data Science yo'nalishini o'rganish bilan boshladim. Dasturlashni AI / ML sohasini o'rganishni boshlaganimda o'z oldimga maqsad qo'ygandim. Bir kun kelib o'z kompaniyamni ochaman va manashu kompaniyani O'zbekistondagi AI/ML sohasida eng kuchli kompaniyaga aylantiraman deb.
2022 yilda esa o'z maqsadimga erishdim. Xozirda DataVision kompaniyasi asoschisi va Boshqaruvchisi hisoblanaman. Lekin xali bu O'zbekistondagi eng kotta kompaniya bo'lib ulgurgani yo'q. Yaqin kelajakda bu maqsadimga xam albatta erishaman.

2023 yilda esa o'z oldimga maqsad qildim:
Ota-onamni haj/umra safariga yuborish.
DataVision ni kamida 50 ta dasturchi ishlidigon kompaniyaga aylantirish.
Tashkent city dan xarid qilgan uyimni to'liq summasini to'lash.
Adajonimga mashina sovg'a qilish.
Biror bir IT sohasi rivojlangan davlatga sayohat qilish va u yerdan qandaydir bir yangi narsani o'rganib kelish.

Albatta inson orzu qilib yashayverishi, qandaydir mo'jiza kutishi shart emas ekan. Mojiza insoni o'zini qolida ekan.
Maqsad qo'yish kere, maqsad sari xarakat qilish kerak ekan.

2023 yilda kim qanday maqsad qo'ygan bo'lsa, o'z maqsadiga erishishini tilab qolaman