Get Mystery Box with random crypto!

Kopirayting nima? Bu so‘z sizga notanishmi? Unday bo‘lsa | Safi portfolio

Kopirayting nima?

Bu so‘z sizga notanishmi? Unday bo‘lsa bu post aynan siz uchun.

Kopirayter - matnlar bilan ishlovchi mutaxassis.

Batafsilroq:

sayt uchun matn va maqolalar;

barcha reklama turlari (banner, flayer, SMM postlari) uchun matnlar;

sotuv skriptlari va ssenariylar;

e'lonlar (Olx.uz yaqqol misol).

Yuqoridagilar ichida eng keng tarqalgani - SMM postlari uchun matn.

Agar yozish qo‘lingizdan kelsa, sohani tez fursatda o‘zlashtirib, yaxshigina daromadga ham ega bo‘lishingiz mumkin.

Sohaga talab qanday?

Karantin sababli onlayn savdoga talab kuchaydi, bu esa o'z navbatida sotuvlarni onlayn shaklda taqdim qilishni professionallashtirish zaruriyatini yaratdi.

Endi mijozlarning diqqatini oddiy mahsulot rasmi va pala-partish yozilgan matn bilan tortib bo'lmaydi, raqobat kuchli.

Aksariyat biznes egalari va SMM menejerlari imlo xatolarisiz yoza olishmaydi va kopirayterlarga murojaat qilishga majbur.

Soha mutaxassisidan to‘liqroq ma'lumot olishni istaysizmi