Get Mystery Box with random crypto!

Infoqalloblar deb ijtimoiy tarmoqlarda ko'p gapirilyapti oxirg | Marketing Secrets | SMM

Infoqalloblar deb ijtimoiy tarmoqlarda ko'p gapirilyapti oxirgi kunlarda. Bu sohani boricha tahlil qilib, biznes trener kim bo'la olishini ko'rib chiqaylik:
𝗠𝘂𝘁𝗮𝘅𝗮𝘀𝘀𝗶𝘀- Har sohaning, shuningdek savdo-sotiq, marketing va biznes boshqaruvining ham o'z mutaxassisligi bor ya'ni ushbu faoliyatda yillab turli kompaniyalarda yig'ilgan tajriba mahsuli. Ushbu tajribani pul ko'rinishida konsulting yoki trening tarzida ko'nikmlarani o'tkazadi.
𝗕𝗶𝘇𝗻𝗲𝘀 𝗲𝗴𝗮𝘀𝗶-Ma'lum bir biznesning egasi, shu korxonani 0 dan ko'targan inson, odatda shaxsiy brendini rivojlantirish yoki shunchaki yoshligida ustozlikni niyat qilgan ammo bunga vaqti va daromadi imkoniyat bermagan bo'lsa, endi esa bunday imkoniyat bor faqat o'zining korxonadagi o'rnini xarajatini qoplasa bo'ldi bu treninglar.
𝗜𝗹𝗺𝗶𝘆 𝗱𝗮𝗿𝗮𝗷𝗮- Biznes yo'nalishlarining kamida magistr yo'nalishida tahsil olgan va istalgan biznesdagi uslubiyatni nazariyasini ilmiy asoslab bera oladigan garchand o'zida bunday tajriba bo'lmasa ham.
𝗜𝗻𝗳𝗼𝗹𝗼'𝗹𝗶- Yuqoridagi uchalasini ham imitatsiya qiladi, mutaxassisman deydi lekin 2 yil ham bir sohada ishlamagan, biznesim bor deyiladi aslida u treninglar puliga tashkil etiladi, ilmiy daraja esa soxtalashtiriladichet eldagi akredatsiyalanmagan markazlar orqali.
𝑴𝒖𝒂𝒎𝒎𝒐 𝒔𝒉𝒖𝒏𝒅𝒂𝒌𝒊, 𝒋𝒂𝒎𝒊𝒚𝒂𝒕𝒅𝒂 𝒌𝒐'𝒑𝒄𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌 𝒒𝒐𝒓𝒊𝒔𝒉𝒕𝒊𝒓𝒊𝒃 𝒕𝒂𝒍𝒒𝒊𝒏 𝒒𝒊𝒍𝒂𝒅𝒊 𝒃𝒖 𝒕𝒐'𝒑𝒍𝒂𝒎𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊. Masalan, "Nega shuncha narsani bilsa ham o'zining biznesi yo'q, yoki boy bo'lib ketmagan" yoki "biznesni kimdir o'rgatolmaydi bular hammasi qallob" kabi.
Bu xuddi avto-instruktor nega poygachi emas deganday gap. Unutmaylik, Marketing va Management otasi Philip Kotler ham ilmiy darajaga ega mutaxassis hisoblanadi.
p.s Men uchun mukammal trener sur'atda ko'rsatilgan kesishmada.