Get Mystery Box with random crypto!

Marketing bo'limi

Telegram kanalining logotibi marketingbolimi — Marketing bo'limi M
Kanaldagi mavzular:
Маркетинг
Taf
Telegram kanalining logotibi marketingbolimi — Marketing bo'limi
Kanaldagi mavzular:
Маркетинг
Taf
Kanal manzili: @marketingbolimi
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.84K
Kanalning ta’rifi

Marketing oʻzbek tilida
www.marketingbolimi.uz
Marketing sohasida ish topish uchun: @marketingdaishla
@topjamoa
Aloqa uchun: @osharapov

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-08-31 19:34:56
Toshkent aeroportiga xalqaro brendlar kelmoqda!

Hardee's, Pizza Hut va Samsonite endi poytaxtimizda! Hozirgi kunga qadar 2600 kv.m maydon ijaraga berilgan, yana 200 kv.m ko'proq maydonlar ijaraga berilishi rejalashtirilgan.

1200 kv.m maydonda joylashgan Duty Free do‘koni esa Chanel, Gucci, Armani kabi jahon brendlari bilan to‘lib turibdi. Tez orada yana Samsonite, Tommy Hilfiger kabi brendlar qo'shiladi!

Uchib ketish terminalida yangi fudkort qurilmoqda, bu yerda esa Hardee’s, Pizza Hut va boshqa brendlar bo‘ladi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.3K viewsedited  16:34
Ochish/sharhlash
2024-08-31 18:19:12
"Spot" vizual stilini yangiladi

Spot.uz nashri o'zining vizual stillini yangiladi: logotipini o'zgartirdi va yangi shrift ishlata boshladi. Bu ishlar bilan "Naked Eye" kreativ studiyasi shug'ullangan.

Ta'kidlanishicha, yang logotip nomga kiritilgan ma’nolardan biri — nuqtani aks ettiradi. Nuqtai nazar, qiziqish nuqtasi, fikrni yakunlash uchun nuqta va hokazo. Element (nuqta) tufayli logotipga ko'proq aksent beriladi va u to'liq hajmda bo'ladi, shuningdek, belgi shaklida ham.

Shuningdek, asosiy rang ham biroz qayta ishlangan, biroz "to'yintirilgan". Nashrning taniqliligini hisobga olib, bu rangdan uzoqqa ketmaslikka qaror qilingan. Yangi stillning asosiy jihati brendni IT va startaplar dunyosi bilan yaqinlashtiradigan shrift bo'lgani ta'kidlanadi.

"Yangi identifikatsiya to‘liq darajada ijtimoiy tarmoqlar dizaynida namoyon bo‘ladi: tartiblangan yaxlitlik va dizaynning dolzarbligi ma'lumotning ishonchliligini qo'llab-quvvatlaydi va uni oson o'qilishi va tushunilishi bilan o'quvchiga yaqinlashtirad", deydi studiya yangilanish haqida.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.2K views15:19
Ochish/sharhlash
2024-08-30 18:47:03
Futzal boʻyicha jahon chempionati rasmiy homiylari orasida Oʻzbekiston kompaniyalari ham paydo boʻldi

2024 yilgi Futzal bo‘yicha Jahon Kubogini qo‘llab-quvvatlayotgan mahalliy kompaniyalar ro‘yxati yana kengaydi. Endilikda AGMK va Artel kabi yirik nomlar qatoriga BMB Holding ham qo‘shildi.

BMB Holding — O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, u qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida faoliyat yuritadi. Ularning bu turnirga qo‘shilishi kompaniyaning sportni rivojlantirish va mamlakatning nufuzini oshirish borasidagi sa’y-harakatlaridan dalolat beradi.

Artel va AGMK esa allaqachon ko‘pchilikka tanilgan homiylar.
Artel — maishiy texnika va elektronika sohasidagi yetakchi brend bo‘lsa, AGMK — O‘zbekistondagi eng yirik konchilik va metallurgiya korxonalaridan biri sanaladi.

Ushbu kompaniyalar tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash 2024 yilgi Futzal Jahon Kubogini muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga katta hissa qo‘shadi va O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini yanada oshiradi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.7K views15:47
Ochish/sharhlash
2024-08-30 16:07:30
PR va marketing sohasidagi kam sonli nashrlardan biri boʻlgan PR.uz faoliyatini toʻxtatdi.

Buning sababi ma’lum emas, ammo tahririyat noma’lum muddatga tanaffus olganini e’lon qilgan.

"Biz nashrimizni, shuningdek, strategik maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish uchun noma'lum muddat tanaffus qilamiz", deyiladi bayonotda.

Biz, “Marketing boʻlimi” jamoasi bundan afsusdamiz va tez orada nashr faoliyatini tiklashiga tilakdoshmiz.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.4K viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2024-08-29 19:12:58
Kuchli shaxsiy brend — rejalashtirilganmi yoki tasodif?

Elon Musk — bir tomondan yer sayyorasini yaxshilashga urinayotgan, ikkinchi tomonda undan "qochib ketish" uchun Marsga kosmik kemalar uchirayotgan ko‘p qirrali va noodatiy shaxs.

Batafsil

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
3.4K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2024-08-29 18:49:56 Siz ko’rgan kinolar kino emas, reklama

Videoni tomosha qilish uchun

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.6K views15:49
Ochish/sharhlash
2024-08-29 06:46:10 OAVda Pavel Durov qamoqdan ozod qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Kuzatamiz. Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
3.4K viewsedited  03:46
Ochish/sharhlash
2024-08-28 21:00:01
Toshkent aholisining sevimli brendlari aniqlandi. Apple birinchi

DeFacto marketing agentligi Toshkent aholisi orasida ularning sevimli brendlarini aniqlash boʻyicha an’anaviy soʻrovnoma oʻtkazdi.

Soʻrovnoma natijalariga koʻra, “Apple” brendi 11 foiz ovoz bilan birinchi oʻrinni egallangan. U 2023-yilda birinchilikni “Samsung”ga boy bergandi. Hozir Janubiy Koreya brendi kuchli uchlikda ham yoʻq.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni bir xil — 6.1 foiz ovoz bilan “BMW” va “Mercedec Benz” egallagan. Oʻtgan yili eng yuqori oʻrinda turgan “Samsung”ga bu yil 4,9 foiz ishtirokchi ovoz bergan va toʻrtinchi oʻringa joylashgan.

E’tiborlisi, reytingda “Pepsi” (4,4 %) va “Coca-Cola” (3,7 %) ketma-ket joylashgan.

Oʻtgan yilgi kuchli 20 talik roʻyxat bilan solishtirganda bu yil poytaxtliklarga mahalliy brendlar ham yoqa boshlagan koʻrinadi. Masalan, 2024-yilgi soʻrovnomadan soʻng bu roʻyxatga biratoʻla 3 ta mahalliy brend kirgan (2023-yilda faqat 1 ta).

“Korzinka” oldingi yil 17-oʻrinda boʻlgan boʻlsa, bu yil bir pogʻona yuqorilagan va oʻz oʻrnini “Artel”ga boʻshatib bergan. “Uzum” esa 1,4 foiz ovoz bilan 18-oʻrinni egallagan.

Kuchli 20 talikni BYD yakunlagan. Toʻliq roʻyxat bilan suratlarda tanishishingiz mumkin.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
3.2K views18:00
Ochish/sharhlash
2024-08-28 19:19:28
“Costco” qanday qilib amerikaliklarning xarid odatlarini oʻzgartirdi?

Dunyoning uchinchi eng yirik chakana savdo tarmog’i bo’lgan “Costco” oxirgi 40 yil ichida amerikaliklarning xarid qilish odatlarini o’zgartirdi.

Batafsil

Mariketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.9K views16:19
Ochish/sharhlash
2024-08-27 11:40:34
Qozogʻistonning “Kaspi”si “Humo”ni sotib olmoqchi

Qozogʻistonning eng yirik kompaniyalaridan biri boʻlgan “Kaspi” Oʻzbekistonning “Humo” toʻlov tizimini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Kompaniya “Humo”ni xususiylashtirish konsultanti boʻlgan “Deloitte”ga taklif yuborgan.

“Ushbu investitsiya natijasida “Humo” rivojlanish uchun qoʻshimcha impuls oladi, oʻzining texnologik imkoniyatlarini oshiradi va innovatsiyalar sohasida koʻpchilikka namuna boʻla oladi”, deydi “Kaspi” asoschisi va rahbari Mixail Lomtadze.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
3.4K views08:40
Ochish/sharhlash
2024-08-15 15:14:05 Marketingga oid kanallar bitta jildda

Marketingga aloqador shaxslarning Telegram kanallari va sohaga oid bloglarga endi bitta klik orqali qo'shilish mumkin.

Ularda har kuni sohaga oid yangiliklar, o'zgarishlar va asosiysi, foydali maqolalar e'lon qilib boriladi.

Qo'shilish uchun link: https://t.me/addlist/BkOI1lOen5FjYjg6

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
1.1K views12:14
Ochish/sharhlash
2024-08-15 11:30:34 Bu tadbir bugun. TAF! da qanday qatnashish mumkin, bu nima uchun kerak va shunga o'xshagan savollarga javob olishingiz mumkin.

18:30, Ground Zero Minor
1.6K viewsedited  08:30
Ochish/sharhlash
2024-08-15 10:13:35
2024-yil Marketing trendlari: Sun’iy intellekt (SI) va shaxsiylashtirish asosiy rolda

Marketing sohasida 2024-yilda SI yana markaziy o‘rinni egallaydi.

Batafsil

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
1.7K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash
2024-08-14 16:08:40
Endi o‘tkinchilardan suratga olib qo‘yishlarini so‘rashga hojat yo‘q

Google o‘zining Pixel smartfoni bilan asriy muammoni hal qildi.

Yangi "Add Me" funksiyasi yordamida barcha odamlar rasmga sig‘ishi uchun fotosuratlarni birlashtirish mumkin bo‘ladi.

Bu uchun bir nechta rasm olish kifoya va sun’iy intellekt hammasini birlashtiradi.

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
2.1K views13:08
Ochish/sharhlash
2024-08-13 09:52:37
Simon Sinek: “Nima uchun? bilan boshlang” – Liderlik va brendingdagi inqilobiy yondashuv

“Nima uchun?” bilan boshlash – muvaffaqiyat kaliti

Batafsil

Marketing o’zbek tilida —
@marketingbolimi
2.1K viewsedited  06:52
Ochish/sharhlash
2024-08-13 09:41:10
Marketing klubi yig'ilishi

Bu safar uchrashuv o‘zbek tilida o‘tadi – shuning uchun marketingga aloqador barchani taklif qilamiz!

Mavzu:
TAF! Toshkent reklama festivali – marketing agentligingizni yuksaltiradigan kalitmi? Keling, birgalikda bilib olamiz!

15-avgust, payshanba, 18:30 da | Ground Zero Minor, (Yunusobod tumani, Minor dahasi, 57-uy, Minor metrosi)

Dasturda nimalar kutmoqda:
18:30-19:00 — Welcome coffee
19:00-19:20 — Diyor Mirzaaxmedov, O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi bilan suhbat
19:20-19:40 — Ishtirokchilar bilan yaqindan tanishish va savollar
19:40-20:00 — Otabek Sharapov, 605 Agency asoschilaridan biri va rahbari, @marketingbolimi kanali asoschisi bilan tajriba almashish
20:00-20:20 — Shohruh Nizamutdinov, FCB Artgroup xalqaro ijodiy agentligining boshqaruvchi hamkori va ijodiy direktori
20:20-20:40 — Shaha Dolimov, Meraki raqamli marketing agentligi asoschisi bilan ijodiy muhokama
20:40-21:00 — Savol-javob va gʻoyalar almashinuvi

Kirish bepul, ammo joylar cheklangan – shuning uchun ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

Ro‘yxatdan o‘tish

Savollar bormi? Biz bilan bog‘laning:
+998974022820

#TAF!24

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.1K views06:41
Ochish/sharhlash
2024-08-12 16:29:45
Richard Branson — ijodkorlik, qat’iyat va tavakkal qilish bilan har qanday narsaga erishish mumkinligini isbotlagan Virgin Group asoschisi

Bransonning rahbarlik falsafasi: "Xodimlaringizga g‘amxo‘rlik qilsangiz, ular mijozlaringizga g‘amxo‘rlik qilishadi va biznes o‘z-o‘zidan rivojlanadi", — degan g‘oyaga asoslanadi.

Batafsil

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.1K views13:29
Ochish/sharhlash
2024-08-11 21:01:54
Marketing bo’limidan yangilik

Endi siz haftalik dayjestdan pochtangiz orqali xabardor bo’lishingiz mumkin.

Bu uchun nima qilishim kerak deysizmi? Marketing bo’limi saytidan ro’yxatdan o’tsangiz bo’ldi.

Haftalik yangiliklardan xabardor bo’lishni unutmang!

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.4K views18:01
Ochish/sharhlash
2024-08-11 15:37:12
TBC bank birinchi yarim yillikdagi muvaffaqiyatlarini eʼlon qildi.

TBC bank o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 2024-yilning birinchi yarmidagi yirik yutuqlarini baham ko‘rdi.

Batafsil

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.5K views12:37
Ochish/sharhlash
2024-08-10 19:50:09 Diqqat haftaning qaynoq vakansiyalarini kutib oling

1. ”Auto Motors Aisa” - mobilograf
2. ”LOOOK” - SMM menejer
3. “LOOOK” - mobilograf
4. “Auto Motors Aisa” - mobilograf
5. “Prospero MChJ” -SMM menejer

Ko’proq vakansiyalar uchun: @marketingdaishla

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.9K viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash
2024-08-10 16:07:09
KFC konteynerlari — 40 yillik yubiley hadyasi sifatida

Tayland KFCsi mamlakatda brendning 40 yilligini nishonlash munosabati bilan o‘zining brend logosi tushirilgan konteynerini sotuvga chiqardi.

Cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan bu konteynerdan, rasmlarda ko‘rsatilgandek, xohlagan tarzda foydalanish mumkin.

Mahsulotni qo‘lga kiritish uchun xo‘randalar mahalliy KFCda kamida 350 bat (125 ming so‘m) miqdorida buyurtma berishi kerak.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.7K views13:07
Ochish/sharhlash
2024-08-09 19:13:23
Toshkent ko'chalarida shunaqa qovunlar tarqaldi.

Ko'rganlar bormi?

Nimaga ishora qilishmoqchi deb o'ylaysiz?

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
4.5K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-07-27 20:16:31
2024 yilgi Apple Design Awards g'oliblari: Eng yaxshi ilovalar va o'yinlar

Apple 2024 yilgi Apple Design Awards tanlovi g'oliblarini e'lon qildi.

Batafsil

Marketing o’zbek tilida- @marketingbolimi
1.2K viewsedited  17:16
Ochish/sharhlash
2024-07-26 15:39:11
Ilmiy gʻoya va startaplar tanloviga arizalar qabuli boshlandi

“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy ishlar va startaplar tanlovlariga arizalar qabul qilinmoqda!

Batafsil

Marketing o’zbek tilida-@marketingbolimi
1.8K views12:39
Ochish/sharhlash
2024-07-26 13:36:03
Tanlov illyuziyasi: besh gigant kompaniya iste’mol tovarlari bozorini nazorat qilishi haqida

Xuddi qo‘limizdagi besh barmoq singari, bir nechta konglomeratlar iste‘mol mahsulotlari bozorini egallaydi.

Batafsil

Marketing o’zbek tilida-@marketingbolimi
1.9K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2024-07-25 19:55:50
IMAN startapi dunyoning eng yaxshi 30 ta Islomiy iqtisodiyot startaplari qatoriga kirdi

Salaam Gateway va DinarStandard hamkorlikda dunyodagi eng yaxshi 30 ta raqamli islomiy startaplar ro'yxatini taqdim etdi.

Batafsil

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
7.0K views16:55
Ochish/sharhlash
2024-07-25 14:49:55
Startup Garage: Yangi g‘oyalar uchun innovatsion maydon

20-iyul kuni yurtimizda yana bir katta qadam tashlandi — "Startup Garage" loyihasi rasman ochildi! Ushbu innovatsion maydon yangi g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Batafsil

Loyiha haqida sizning fikringiz qanday? Izohlarda yozib qoldiring.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
2.3K views11:49
Ochish/sharhlash
2024-07-25 12:41:31
Samsung London ko‘chalarida hamma narsani "qayirib chiqdi"

Samsung kompaniyasi "Transport for London" bilan birgalikda Galaxy Z Fold6 va Z Flip6 telefonlarini ommaga e’lon qilish kampaniyasi doirasida shaharni "bukdilar".

Hozirda Londonning qizil avtobuslari, telefon budkalari, ko‘cha chiroqlari va skameykalari 90 darajali burchakka ega.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
2.3K views09:41
Ochish/sharhlash
2024-07-25 10:54:11
Soha ekspertlari bilan "Marketolog taffakkuri" haqida gaplashamiz!

Spikerlarimiz:
1. O'zbekiston marketing uyushmasi va Siymo reklama agentligi rahbari - Diyor Mirzaahmedov.
2. ProActive marketing agentligi rahbari - Habibullo Sa’dulloyev.
3. "605 Agency" kompaniyasi asoschisi - Otabek Sharapov.

Mavzu: Marketolog tafakkuri, O'zbek bozoridagi iste'molchilar insaytlarini topish.
Manzil: Yoshlar press klubi, Alisher navoiy ko'chasi.
Sana: 27-iyul, 14:00
Qatnashish narxi: 109.000 so’m.
Marketing uyushmasi hamkorlari uchun: bepul

Ro’yxatdan o’tish uchun havola https://forms.gle/9gyjCjHqRX6ajXnTA

Yoki https://t.me/marketingclub_admin ga murojaat qilishingiz mumkin

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
2.2K views07:54
Ochish/sharhlash
2024-07-24 17:47:32
"Yandex" O‘zbekistonlik dasturchilar uchun haq to‘lanadigan amaliyot joriy qiladi.

"Yandex Uzbekistan" pullik amaliyot dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda.

Batafsil

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
2.6K viewsedited  14:47
Ochish/sharhlash